Rossiyada migrantlarning bir neça yuz ming bolasi maktabga bormayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş (IHK) rahbari Valeriy Fadeyev ma’lum qildi.

U Özbekistonda migratsiya siyosatini takomillaştiriş böyiça davra suhbatida sözga çiqib, bu muammoni e’tiborsiz qoldirmaslikka, balki hal qilişga çaqirdi.

«Bunga qöl siltab bölmaydi. Agar ota-onalar bolalarining Rossiyaga borişini istasa, ularni oldindan tayyorlaşi kerak», dedi Valeriy Fadeyev.

U, şuningdek, Rossiyada bolalarga rus tilini qanday örgatişni «öylab köriş» kerakligini qöşimça qildi va ta’lim oliş uçun ota-onalar mas’ul ekanini eslatdi.

Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasiga fraksiyalararo qonun loyihasi kiritildi, unda çet elliklar uçun Rossiya maktablarida pulli ta’limni joriy etiş va rus tilini biliş böyiça bepul test sinovlaridan ötişga urinişlar sonini çeklaş taklif qilindi.

Tuşuntiriş xatida ta’kidlanişiça, 2025 yilda Rossiya maktablarida migrant bolalar sonining köpayişi tufayli 900 mingdan ortiq örin yetişmayapti. Bundan taşqari, loyiha mualliflarining fikriga köra, migrantlarning bolalari rus tilini yetarli darajada bilmasligi «rusiyzabon bolalarni öqitiş jarayoni sekinlaşişiga olib kelgan».