Qirğizistonda ölim jazosi qayta tiklanişi mumkin. Tojikiston ajrim uçun badal miqdorini oşirdi. Qozoğistonda Telegram öz ofisini oçadi. Vengriya Turkmaniston gaziga zor böldi, Budapeşt Aşxobodga xuşomad qilmoqda. Afğonistonda toliblar internetni öçirib qöydi, qayta yoqqaç kabel uzilganini bahona qildi.
Qirğizistonda ölim jazosi joriy qilinişi mumkin
Respublika prezidenti Sadir Japarov vahşiylarça sodir etilgan jinoyatlar uçun ölim jazosini joriy etiş taklifini ilgari surmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.
Vahşiylarça sodir etilgan jinoyatlar deganda, xususan, ayollar va bolalarga qarşi qotillik hamda zörlaş holatlari nazarda tutilmoqda. Ma’lum bölişiça, prezident huquqiy boşqarma rahbari Murat Ukuşevga qonun loyihasini işlab çiqişni ham buyurgan. Japarov bu borada eng oğir jazolarni belgilaş tarafdori bölmoqda.
Xöş, nega prezident ölim jazosi haqida gapirib qoldi? Sababi Bişkekda voyaga yetmagan qiz – Aysuluning vahşiylarça öldirilişi xalq va jamoatçilikni çuqur taajjublantirgan. Japarovning özi ham voqeadan qattiq ta’sirlanib, bu işni şaxsan nazoratiga olganini aytdi. Uning fikriça, bolalar va ayollarni nişonga olgan jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerak.
Eslatib ötamiz, Qirğizistonda ölim jazosini sobiq prezident Qurmanbek Bakiyev 2007 yilda jinoyat kodeksidan çiqarib taşlagandi. Lekin bu jazoga moratoriy 1998 yildayoq, prezident Akayev davrida e’lon qilingan. 2010 yilda esa ölim jazosi konstitutsiya bilan taqiqlangan. Oradan 18 yil ötib, bu jazo qaytarilişi mumkin. Özbekistonda esa ölim jazosi 2008 yil 1 yanvardan bekor qilingan. Uning örniga umrbod qamoq jazosi joriy etilgan. 2023 yilgi oxirgi konstitutsion özgarişlar bilan respublikada ölim jazosi qöllanmasligi boş qonunda ham yozib qöyildi. Sizningça, bizning respublikaga ham ölim jazosi kerakmi? Siz buni izohlarda yozib qoldiring, men esa keyingi mavzuga ötaman.
Tojikiston ajrim uçun badal miqdorini oşirdi
Endi Tojikistonda oilalar rasman ajraşmasdan yaşaşda davom etişi mumkin, çunki davlat ajrim badalini oşirdi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 1 oktabr kuni nikohni bekor qiliş böyiça davlat boji oşirilişini nazarda tutuvçi hujjatga imzo çekkan. Qonun rasmiy e’lon qilingaç kuçga kiradi. Bu haqda mahalliy naşr AsiaPlus xabar bermoqda.
Yangi qonunga köra, er-xotindan birining arizasi böyiça işni köriş uçun 75 somoniydan 150 somoniygaça, ya’ni 97 mingdan 195 ming sömgaça, qöşma ariza berilsa - 375 somoniydan 750 somoniygaça, ya’ni 487 mingdan 974 ming sömgaça boj tölattiriladi.
Sud qarori asosida ajrim belgilansa - 525 somoniydan 1050 somoniygaça, ya’ni 682 mingdan 1 million 364 ming sömgaça pul undiriladi.
Şu tariqa boj miqdori ikki barobarga köpaytirilmoqda. Mamlakat parlamenti ilgari bunday çoralarni ajrimlar sonini kamaytiriş maqsadi bilan izohlagandi. 2024 yilning dekabr oyida ham bu tölov miqdori qisman oşirilgan edi.
Tojikistonda MDH regionida aholi sonidan kelib çiqib, eng tez köpayotgan xalq.
Respublikada rasmiy ma’lumotlarga köra, 2025 yilning birinçi yarmida 4117 ta ajrim qayd etilgan, bu ötgan yilgidan 291 taga kam. Şunga qaramay, hukumat vakillari vaziyatni taşvişli deb baholaydi. Adliya vaziri Muzaffar Aşurion ajrimlar darajasi hamon yuqori ekanini aytmoqda.
Xotin-qizlar va oila masalalari qömitasi raisi Bunafşa Fayziddinzodaga köra, ajrimlarning asosiy sababi erta turmuş quriş va “yoş qizlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi”da.
Xöş, Tojikistonning ajrim uçun undiradigan boji şunçalik qimmatmi? Özbekistonda bunday holatlarda BHMning 2 baravaridan 4 baravarigaça tölov talab etiladi. Bu 824 ming 1 mln 648 ming sömgaça degani.
Özbekistonda 2025 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan nikohlar soni 43,8 mingtani taşkil etgan. Ajrimlar soni esa 2025 yilning yanvar-mart oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan özgarmagan holatda qolgan.
Telegram Qozoğistonda ofisini oçadi
Yakuniga yetayotgan haftada Qozoğiston Digital Bridge texnologik-innovatsion tadbirini ötkazib, mahalliy medianing e’tibori asosan şunga qaratildi. Töqayev şu hafta taşrif bilan kelgan Italiya prezidenti Serjio Mattarella bilan ham uçraşib, muzokaralar ötkazgan. Bundan taşqari, xalqaro tadbir bahonasida taşrif buyurganlar bilan ham muloqot qildi.
Masalan, prezident Telegram asosçisi bilan Astanada körişdi. Pavel Durov Qozoğistonda uning kompaniyasi ofis oçişini e’lon qildi. Şu örinda savol tuğiladi – nega Telegram aynan Qozoğistonni tanladi? Bu köproq Telegram kompaniyasining emas, balki rasmiy Ostonaning talabi va şartlari bilan bölmoqda. Aks holda Qozoğiston 12.5 mln foydalanuvçisi bor Telegram’ni bloklaşini aytgan.
Durov jamoasi esa tinçgina ofiş oçişga köndi. Bu asosan tartibga soliş va qonuniy talablar, şuningdek platformaning mahalliy hukumat bilan hamkorlik qiliş ehtiyojlaridan kelib çiqqan qaror bölişi mumkin. Xöş, aslida hammasi qanday boşlangan edi?
2024 yil 14 oktabr kuni Qozoğistonning Raqamli rivojlaniş, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi Telegram bilan mahalliy vakil tayinlaş va ofis oçiş böyiça kelişuvga erişilganini e’lon qildi. Bu rasmiy xabar platformaning mamlakatda qonuniy talablarga moslaşişi yölida muhim qadam böldi.
Oradan köp ötmay, 2024 yil 31 oktyabrda senatorlar yiğilişida vazir Jaslan Madiyev ofis AIFC (Astana International Financial Center) huquqiy maydonida röyxatdan ötkazilayotganini, kontent moderatsiyasi uçun mas’ul şaxs ham tayinlanganini aytdi.
2025 yil 27 iyunda Telegram Astana Hub — Markaziy Osiyodagi yirik innovatsion klaster a’zoligiga qabul qilindi. Bu amalda kompaniyaning Qozoğiston IT-ekotizimi bilan tizimli işlaş niyatini körsatdi.
2 oktyabr kuni Pavel Durov Digital Bridge 2025 forumida Astanada Alem.ai binosida maxsus sun’iy intellekt laboratoriyasi oçilayotganini ma’lum qildi. Rasmiylarga köra, Telegram Qozoğistonda ofisni işga tuşirdi, Astana Hub’ga qöşildi va SI laboratoriyasini oçdi.
Qozoğistonda 2023 yil qabul qilingan “Onlayn platformalar va onlayn reklama töğrisida”gi qonun mamlakatda har kuni 100 mingdan ortiq foydalanuvçiga ega ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan mahalliy vakil (yuridik şaxs) bölişini talab qiladi. Şuningdek, taqiqlangan kontentni rasmiy talab böyiça olib taşlaş mexanizmlari ham bu hujjatda keltirib ötilgandi. Ya’ni agar Telegram ofis oçmasa, platforma Qozoğiston hududida bloklanişi mumkin edi.
Telegram esa Qozoğistonda nihoyatda ommabop: oylik 12,5 mln foydalanuvçi bor. Bu — 20 mln aholining yarmidan köproği degani. Şu bois platforma uçun Qozoğiston strategik bozor bölib, huquqiy moslaşuv qarorini tezlaştirgan. Ya’ni Telegram uçun ham platforma bloklanganidan köra bir ofis oçiş ma’qulroq qaror edi.
Qonuniy ijro va raqamli xavfsizlik – davlat va jamiyat manfaatlariga mos keladi. Biroq Telegram’dan ofis oçiş talabi, aks holda uning bloklanişi tahdidi – söz erkinligi, maxfiylik va turli «çegaralar»ning borligi xavotirlarini ham yuzaga çiqaradi.
Masalab, rasmiy talablarda “taqiqlangan/zararli kontentni olib taşlaş” borligi — foydalanuvçilarning söz erkinligi va mustaqil jurnalistika uçun nozik mavzu bölib turibdi.
Vengriya Rossiya örniga Turkmanistondan gaz sotib olmoqçi
«Gazprom»ning Yevropadagi eng yirik xaridori bölgan Vengriya Turkmanistondan gaz sotib olişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Şarqiy aloqalarni rivojlantiriş böyiça davlat vakillari gapirib ötgan.
“Energetika sohasida biz Turkmanistondan işonçli hamkor sifatida umidvormiz. Vengriya turli mamlakatlardan tabiiy gaz importiga qaram, şu sababli biz Turkmanistonga ham katta umid bilan qaraymiz va yaqin kelajakda Turkmaniston Yevropaga, aniqroği Vengriyaga gaz yetkazib beruvçiga aylanişiga umid qilamiz”, deydi venger rasmiylari.
Sentyabr oyi boşida Vengriya mamlakat tarixidagi eng uzoq muddatli suyultirilgan tabiiy gaz importi böyiça şartnoma imzoladi. Uşbu kelişuv Fransiyaning Engiye kompaniyasi bilan tuzilgan bölib, 2028 yildan 2038 yilgaça amal qiladi. Yetkazib berişning umumiy hajmi 4 milliard kub metrni taşkil etadi.
Sentabr oyi boşida Vengriya Britaniyaning Şell kompaniyasi bilan ham yiliga 2 milliard kub metr gaz sotib oliş böyiça şartnoma tuzgandi. Yetkazib beriş 2026 yilda boşlanadi, şartnoma esa 10 yilga möljallangan. Gaz Çexiya va Germaniya orqali yetkazib beriladi.
Dengizga çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan, Rossiya neft va gazini quvurlar orqali import qiluvçi Vengriya hamda Slovakiya şu paytgaça Rossiya energiya resurslaridan voz keçişga qarşi çiqib kelayotgandi.
Turkmaniston qança gaz yetkazib bera olişi va qanday qilib yetkazib berişi hozirça noma’lum. Aşxobod bu borada ommaga gapirmagan.
“Yevropaga gaz eksport qilişni rejalaştirayotgan Ozarboyjon yoki sanksiyalar tufayli Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari juda murakkab bölgan Eronning quvur infratuzilmasidan foydalaniş yoki gazni «Gazprom» bilan şartnoma asosida "Turk oqimi" orqali yetkazib beriş kerak böladi”, deya tuşuntiradi tahlilçi Milçakova.
Hozirda Budapeşt har oyda Rossiyadan energiya resurslarini sotib oliş uçun taxminan 500 million yevro sarflaydi, deyiladi Finlandiyaning tahliliy markazlari hisobotida.
«Tolibon» yana internetni öçirib qöydi
Yakuniga yetayotgan haftada Afğoniston yana internetni öçirib qöydi. Ikki kunlik internetsizlikdan keyin esa toliblar buni texnik nosozlikka yöydi. BBC’ning yozişiça, muvaqqat hukumatdagilar kabel uzilib qolgan deya bahona qilgan.
Manbalarga köra, «Tolibon» yetakçilari buyruği bilan internet qayta tiklangan. Uni öçiriş qarorini esa «Tolibon» oliy yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda qabul qilingani aytiladi. Bu korxonalar va parvozlar faoliyatini izdan çiqardi. Favqulodda xizmatlardan foydalaniş imkoniyati va ayollarning onlayn ta’lim olişi ham çeklanib qoldi.
Internet tiklangani haqidagi xabarlar «Tolibon» bunga aloqasi borligini rad etgaç tarqaldi. Jumladan, «Tolibon» vakili Zabihulloh Mujohid optik tolali kabellar almaştirilayotganini aytdi. U şu tariqa internet uzilişiga hukumatning aloqadorligini rad etişga urindi.
29 sentabr kuni mamlakat böylab internet butunlay uzilgan. Dunyo böylab internet erkinligini kuzatib boruvçi NetBlosks taşkilotiga köra, optik tolali internetni öçiriş orqali «Tolibon» mamlakatda yangi axloqiy çora-tadbirlarni joriy etişni boşlagan. BMTning Afğonistondagi missiyasi internetga kirişni tezkorlik bilan tiklaşga çaqirdi.
“Afğonistonda internetning öçirilişi mamlakatni taşqi dunyodan butunlay uzib qöydi. Bu afğon xalqiga jiddiy zarar yetkazadi. Şuningdek, internetning uzilişi iqtisodiy barqarorlikka tahdid soladi hamda dunyodagi eng oğir gumanitar inqirozlardan birini yanada çuqurlaştiradi”, deyiladi BMTning bayonotida.
«Tolibon» 2021 yilda AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya qöşinlari Afğonistondan çiqib ketganidan söng mamlakatda hokimiyatni egallagan. Şundan beri ular aholiga qarşi taqiqlar joriy etib kelmoqda. Xususan, ayollar huquqlari çeklab qöyildi, qizlarga ta’lim taqiqlanib, harakatlaniş erkinligiga tösiqlar qöyildi, «zino» uçun jamoat joyida jazolaş va qatl etiş holatlari kuzatilmoqda.
2025 yil iyulida Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» oliy yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda va boş sudya Abdul Hakim Haqqoniyga qarşi xalqaro hibsga oliş orderi çiqardi. Ular insoniyatga qarşi jinoyatlarda, jumladan, ayollarni jinsiga qarab ta’qib qilişda ayblanmoqda.











