Özbekiston 2025 yilda iqtisodiy ösiş sur’atlari böyiça Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng tez ösayotgan beşta mamlakat qatoriga kirişi mumkin. Bu haqda Jahon banki e’lon qilgan “Yevropa va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti: bandlik va farovonlik” hisobotida söz boradi.

YeMO mintaqasi iqtisodiyoti ösişi

YeMO mintaqasi iqtisodiyotlari orasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida yalpi içki mahsulotning ösiş sur’atlari ketma-ket uçinçi yil eng yuqori bölib qolmoqda. Prognozlarga köra, uşbu submintaqada 2025 yilda ösiş 5,9 foizni taşkil etadi. Ösişga Qozoğistonda neft qazib olişning köpayişi, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonda pul ötkazmalari hajmining ösişi, şuningdek, submintaqa mamlakatlarida davlat va xususiy investitsiyalarining köpayişi yordam beradi.

Hisobotda keltirilişiça, 2025 yilning birinçi yarmida Özbekistonga pul ötkazmalari ötgan yilning şu davriga nisbatan 27 foizga oşib, 8,2 milliard dollarni taşkil etdi.

Prognozlarga köra, 2026 yilda Markaziy Osiyoda ösiş 5 foizgaça sekinlaşadi. Şunga qaramay, submintaqa mamlakatlari Yevropa va Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari, jumladan, Markaziy va Şarqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz, Ğarbiy Bolqon submintaqalari, şuningdek, Rossiya va Turkiya bilan taqqoslaganda YaIM ösiş sur’atlari böyiça yetakçi örinni saqlab qoladi.

Özbekiston 2025 va 2026 yillarda YeMO mintaqasida eng yuqori ösiş sur’atlariga ega beşta iqtisodiyot qatorida qolişi kutilyapti. Mamlakat yalpi içki mahsulotining ösişi 2025 yilda 6,2 foizni, 2026 yilda esa 6 foizni taşkil etişi kutilmoqda.

Qayd etiş lozim, Jahon bankining iyun oyidagi hisobotida Özbekiston YaIM 2025 yilda ham, 2026 yilda ham 5,9 foizga ösişi prognoz qilingan. Yangi hisobotda uşbu kutilmalar ijobiy tomonga qayta körib çiqilgan.

Jahon bankining qayd etişiça, YeMO mintaqasida iqtisodiy ösiş sur’ati böyiça Qirğiziston yetakçilik qiladi: 2025 yilda 9,2 foiz, 2026 yilda 6,5 foizlik ösiş kutilmoqda.