Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
➖ Cambridge Assessment English nomi o‘zgartirildi, Aptis va TELC qo‘shildi;
➖ TOEFL iTP va MCE ro‘yxatdan chiqarildi;
➖ o‘qituvchilar uchun B2 darajali sertifikat majburiy bo‘ladi;
➖ ayrim TESOL va TEFL sertifikatlari endi imtiyoz bermaydi;
➖ umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlar ro‘yxati kengaytirildi.







