Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim texnikumlar xodimlariga 100 foizlik ustama belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Foto: Kun.uz
Hukumat qaroriga muvofiq, mazkur nizom xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, ustama belgilash va ularni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Nizom quyidagi xodimlarga tatbiq etiladi:
- o‘qituvchilar;
- ishlab chiqarish ta’limi ustalari;
- texnikum direktori;
- bosh buxgalter;
- xalqaro ta’lim dasturini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari.
Qarorga ko‘ra, ushbu xodimlarning ish haqi miqdorlariga har oylik 100 foizlik ustama davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Mazkur ustama yillik xarajatlar smetalarini shakllantirishda, shtatlar jadvali va tarifikatsiya jarayonida tarif stavkasiga qo‘shimcha tarzda belgilanadi.
Shuningdek, texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini rag‘batlantirish miqdorini belgilash maqsadida doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh qarorlari ochiq ovoz berish orqali, yig‘ilishda ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi hamda ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
11:05 / 11.02.2026
10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
14:00 / 02.02.2026
“Sport targ‘ibotchisi”ga ustama: 20 foiz qo‘shimcha to‘lov belgilandi
19:42 / 24.01.2026
Qator hududlarda “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi
15:07 / 21.01.2026