Duşanbe sammiti, pedofillarga «oliy» jazo va Berdimuhammedovlarning VIP borti – MO hafta içida
|17:58 / 12.10.20259 11012 min
Qozoğistonda endi pedofillar kastratsiya qilinadi. Qirğizistonda prezident taklif qilgan ölim jazosi referendumga qöyilişi mumkin. Mustaqil turkman naşrlari Berdimuhammedovlar oilasi yana bir VIP samolyot olganini yozdi. Tojikistonda ikki katta sammit ötkazildi, MO rahbarlari Putin bilan mintaqaviy sammitda kengaşdi. Afğonistonda endi Instagram, Facebook va Snapçat’ga kirib bölmayapti.
Qozoğistonda pedofillar kastratsiya qilinadi
Davlatda bu borasida huquqiy hujjat qabul qilindi. Soğliqni saqlaş vaziri 1 oktabr kuni voyaga yetmaganlarga nisbatan zöravonlik sodir etgan jinoyatçilarga kimyoviy kastratsiya qöllaş qoidalarini özgartiruvçi buyruqni imzoladi. Endilikda pedofillar ozodlikka çiqişidan olti oy oldin kastratsiya qilinadi.
Bunday çora 18 yoşdan oşgan, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarşi jinoyatlar uçun hukm qilingan şaxslarga nisbatan tayinlanadi. Qaror sud tomonidan qabul qilinadi va darhol kuçga kiradi. Jarayon bevosita mahkumjazoni ötayotgan muassasada ötkazilişi belgilandi.
Agar mahkum probatsiyada bölsa yoki jarima tölaşi kerak bölsa, kastratsiya ambulatoriya psixiatriya yordami körsatadigan klinikada qilinadi.
Kimyoviy kastratsiya ozodlikka çiqişdan 6 oy oldin qöllanişi belgilab qöyildi. Tayyorgarlik köriş uçun qamoqxona ma’muriyati muddat tugaşidan 12 oy oldin hujjatlarni töplab, sudga yuboradi. Sud mahkumning ruhiy muammolari yoki jinsiy zöravonlikka moyilligi bor-yöqligini aniqlaş uçun sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlaydi.
Bu özgarişlar allaqaçon ruhiy kasallik taşxisi qöyilgan, ammo jinoyat uçun javobgarlikni istisno qilmaydigan şaxslarga taalluqli emas. Bunday odamlarga sud oldindan boşqa tibbiy çoralarni belgilaşi mumkin. Yangi tartib 2025 yil 17 oktyabrdan kuçga kiradigan böldi.
Qozoğistonda 2022 yildan boşlab pedofillar elektron bilaguzuk taqa boşlagan. 2024 yilda deputatlar voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etgan şaxslarga jarrohlik yöli bilan kastratsiya qiliş masalasini muhokama qilgan edi.
Mavzuga oid
Ölim jazosi referendum bilan qaytişi mumkin
Ötgan hafta Qirğiziston prezidenti mamlakatda ölim jazosini qaytarişni gapirgani haqida xabar qilgandik. Japarov öz taklifiga izoh berib, bu jazoni qaytariş-qaytarmaslikni xalqning özi hal etişini bildirdi. Prezident matbuot kotibi uning nutqi matnini e’lon qildi.
Muhokamaga sentabr oyi oxirida öta şafqatsizlik bilan öldirilgan 17 yoşli Oysuluv Mukaşevaning fojiali taqdirisabab böldi. Jamiyat ayollar va bolalarga qarşi jinoyatlar uçun javobgarlikni kuçaytirişni talab qildi. Prezidentning fikr bildirişiça, u tergovni şaxsan öz nazoratiga olgan va ma’muriyatiga jazoni kuçaytiriş uçun qonunlarga özgartirişlar tayyorlaşni buyurdi.
Sadir Japarov voyaga yetmaganlar va ayollarni öldiriş, zörlaş bilan boğliq jinoyatlar soni ortib borayotgani, «odatdagi» qamoq muddatlari endi jinoyatçilarni töxtata olmayotganini ta’kidladi. Şuningdek, u korrupsion jinoyatlar ölim jazosiga tortilişi mumkin emasligini, gap faqat şafqatsiz qotillik va pedofiliya haqida ketayotganini ta’kidladi.
Japarov sud xatolari yuz berişi ehtimoli haqidagi xavotirlarga ham javob berdi. Unga köra, XXI asrda tergov va sud jarayonlarini şaffof ötkaziş uçun texnik imkoniyatlar — videoyozuv va onlayn translatsiyalar mavjud.
“Biz bu masalani yolğiz hal qilmaymiz. Xalq bilan maslahatlaşamiz. Masala umumxalq referendumiga qöyilişi mumkin. Agar köpçilik qöllab-quvvatlasa, u holda Konstitutsiya va qonunlarga özgartirişlar kiritiş, şuningdek, xalqaro majburiyatlarni qayta körib çiqiş lozim böladi”, dedi Sadir Japarov.
Prezident ayollar va bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş ustuvor vazifa bölib qolayotgani, bunday şov-şuvli masala böyiça qaror faqat xalq tomonidan qabul qilinişi zarurligini ta’kidladi.
Oysuluv Mukaşeva 27 sentabr kuni Issiqköl viloyatining Barskon qişloğidan Qoraköl şahriga safari çoğida yöqolib qolgan. Öşa kuniyoq qarindoşlari militsiyaga murojaat qilgan. Kameralar uning 39 yoşli kişining maşinasiga ötirganini qayd etgan. Ikki kundan söng uning jasadi Keminskiy tumanidan topildi. Tergov versiyasiga köra, qiz zörlangan va böğib öldirilgan edi.
Gumonlanuvçi tergov davomida qamoqqa olingan. Oysuluvning dafn marosimi 30 sentabr kuni Barskonda bölib ötdi. Qarindoşlar, qişloq aholisi ayollar va bolalarga qarşi jinoyatlar uçun jazoni kuçaytirişni sörab rasmiylarga murojaat qilganidan söng muhokamalar yanada köpaydi.
Afğonistonda endi ba’zi ijtimoiy tarmoqlarga kirib bölmayapti
Sönggi kunlarda Afğoniston bir neça marotaba internetni yoqib-öçirib, buni texnik nosozlik va kabel uzilişiga boğlagandi. Endi esa mamlakatda Instagram, Facebook va Snapçat’ga kiriş çeklandi. NetBlocs internet monitoring xizmati öz ijtimoiy tarmoqlarida bu haqida yozdi.
“Ma’lumotlarga köra, Afğonistondagi bir neçta internet-provayder Instagram, Facebook va Snapchat ijtimoiy tarmoqlariga kirişni çeklagan. Bu voqea ötgan haftadagi telekommunikatsiyalar uzilişidan keyin yuz bergan”, deya yoziladi xizmatning X ijtimoiy tarmoğidagi xabarida.
NetBlocks internet monitoring xizmati 29 sentabr kuni «Tolibon» tomonidan axloq-odobga rioya qilişni ta’minlaş maqsadida körilayotgan çoralar fonida Afğonistonda internet töliq öçirilganini ham ma’lum qilgan edi.
BMTning Afğonistondagi missiyasi 30 sentabr kuni mamlakatdagi 43 milliondan ortiq kişining jahon tarmoğidan uzib qöyilgani, internet uzilişi moliya, bank xizmatlari, soğliqni saqlaş va hayotning boşqa sohalariga ta’sir körsatganini bildirdi.
Internet aloqasining tiklanişi haqidagi ma’lumotlar «Tolibon»ning bu uzilişlarga mutlaqo aloqasi yöqligini aytgandan keyin paydo böldi. Muvaqqat hukumat internet yöqligining sababi sifatida eskirgan infratuzilmani körsatgandi.
Şuningdek, yakuniga yetayotgan hafta bir neçta OAV Afğonistonning Nangarhor viloyatida kattalar uçun savodxonlikdan dars bergan 90 nafar ayol işdan olingani haqida xabarlar çiqardi.
Ayollar Ta’lim boşqarmasi tarkibida işlagan, asosan qişloq hududlarda kattalar uçun maşğulotlar olib borgan. Öqituvçilar maoşi jamoat ta’limi dasturlarini qöllab-quvvatlovçi gumanitar taşkilotlar tomonidan tölab kelingan.
Endilikda «Tolibon» bu savodxonlik darslarini butunlay yopib, barça ayol öqituvçilarni işdan böşatdi, deydi manbalar.
Bu qadam «Tolibon» 2021 yilda hokimiyatni olgandan beri ayollarning işlaşi va ta’lim olişiga qöygan çeklovlar doirasida sodir bölmoqda. «Tolibon» qizlarga örta maktab va universitetlarda öqişni taqiqlagan hamda ayollarning iş faoliyatini soğliqni saqlaş kabi bir neçta sohalar bilan çeklagan.
Xalqaro yordam taşkilotlari ayollarni ta’lim sohasidan çetlatiş gumanitar va rivojlaniş dasturlariga, ayniqsa, ayollar va qizlar uçun jamoat ta’limi va savodxonlikka qaratilgan loyihalarga jiddiy ta’sir körsatganini aytmoqda. «Tolibon» yuqoridagi holat yuzasidan rasmiy munosabat bermagan.
YuNESKO ma’lumotlariga köra, afğon ayollarining 30 foizdan kamroği savodli bölib, bu dunyodagi eng past körsatkiçlardan biridir.
Berdimuhammedovlarning yangi VIP borti
Turkmanistondagi xabarlarni berib boruvçi qator mustaqil OAV şu hafta prezident oilasining yangi VIP bortlari haqida yozdi. Mamlakat içkarisida media sifatida tan olinmaydigan ikki mustaqil naşrning yozişiça, AQŞga jönatilgan prezident samolyoti oradan 1 yil ötib, butunlay boşqaça şart-şaroitlar bilan Aşxobodga qaytgan.
2023 yilning 6 dekabr kuni Turkmaniston havo yöllariga tegişli yaşil va oq rangli Boeing 737-700 samolyoti Aşxoboddan AQŞga jönab ketgan. Bir yil ötgaç, samolyot jozibali özgarişlarni boşdan keçirib, qaytib kelgan. Ilgari 118 ta ekonom klass örindiğiga ega standart yölovçi samolyoti endi şaxsiy lyuks xonalar, zarhallangan hammom jihozlari va qölda töqilgan gilamlar bilan bezalgan holda ortiga qaytarildi, deb yozdi uşbu naşrlar.
Bu samolyot Turkmaniston fuqaro aviatsiyasi flotining bir qismi bölib, Aşxoboddan Istanbul va Minsk kabi şaharlarga yölovçilarni taşigan. Haşamatli jihozlari va parvoz yönalişlaridan kelib çiqilsa, bu bort Berdimuhamedovlar oilasi foydalanadigan VIP parkka beşinçi bölib kirmoqda.
Jurnalistlar tekşiruvi şuni körsatdiki, 2023 yilda Turkmanistonni tark etganidan söng, samolyot Luiziana ştatidagi Leyk Çarlz şahridagi Çennault xalqaro aeroportida paydo bölgan. U yerda oddiy samolyotlarni monarxlar, davlat rahbarlari va öta boy xususiy mijozlar uçun uçar saroyga aylantirişga ixtisoslaşgan Citadel Completions butik firmasi joylaşgan. Uning reklamasi ğurur bilan Citadel Completions "eng aqlli mijozlar uçun maxsus interer" yaratişini ta’kidlaydi.
Citadel Completions veb-saytidagi hujjatga köra, 2023 yilda Turkmaniston havo yöllari aviakompaniyasiga xizmat körsatiş uçun ruxsatnomani yangilagan.
Samolyotning qolgan içki qismi turkman uslubidagi haşamatli dekoratsiyaga ega, jumladan, devor va şiftdagi gilam naqşlari, poldagi gilamlar, aniq qölda işlangani, Turkmaniston ramzi bölgan Axalteke otlarining haykalçalari borligi aytilmoqda.
Citadel Completions jurnalistlarning izoh sörovlariga javob qaytarmagan. Naşrlarning yozişiça, dizaynerga savollar bilan murojaat qilinganidan söng, bortning rasmlari internetdan olib taşlangan.
Duşanbe sammiti
Şu hafta Tojikiston ikki katta xalqaro tadbirga mezbonlik qildi. Biri MDH rahbarlar iştirokidagi sammit, yana biri esa Markaziy Osiyo+Rossiya formati edi.
Birinçi bölib, 9 oktyabr kuni Markaziy Osiyo+Rossiya formati doirasida prezidentlar körişdi. Agar eslasangiz, bu formatning birinçi yiğilişi Qozoğistonda ötkazilgan va öşandagi Emomali Rahmonning Rossiyadan noligan nutqi juda maşhur bölgandi. Bu gal ikkinçi sammit Duşanbening özida bölib ötdi. Şu narsani e’tiborga oliş kerakki, Markaziy Osiyoning beş rahbarlari yaqin oylar içida Xitoy va AQŞga ham borib keldi. Xitoyda ular ŞHT sammiti, AQŞda esa BMT sessiyasida qatnaşgandan keyin bu gal Putin bilan körişmoqdalar.
Umuman olganda geosiyosiy ziddiyatlar, Rossiyaning ta’siri va Markaziy Osiyoning balanslaşuv siyosati, bundan taşqari eng muhim omil 5 davlatning integratsiya intilişlari fonida bu sammitlar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Rossiyaning Ukraina bilan uruşi, Xitoyning esa mintaqa bilan ŞHT doirasida va birma-bir yaqinlaşuvi davom etarkan, Markaziy Osiyoda muomala yönalişlari belgilanmoqda. Rossiya öz ta’sirini qayta tiklaşga urinar ekan, beş davlat esa vaqtdan foydalanib, suverenitet va diversifikatsiya siyosatiga zör bermoqda.
Markaziy Osiyo-Rossiya sammiti Olmaotadagi sammitning mantiqiy davomi. Duşanbe sammiti esa Rossiyaning mintaqada iqtisodiy, infratuzilma, transport-logistika, energetika va xavfsizlik sohalarida ta’sirini yangilaşga möljallangan, deb yozdi The Times Of Central Asia. Sammit yakunida imzolangan hujjatlar bu tematikaga rostdan ham mos keladi.
10 oktyabr kuni esa MDH rahbarlar sammiti ötkazilarkan, mahalliy medialarning yozişiça, bu formatda çeklovlar bor. Masalan, Kazinformga köra, MDH formati ŞHT kabi institutlarini töliq birlaştira olmayapti yoki bu taşkilotni samaraliroq qiliş kerak.
Duşanbe sammitida 19 ta hujjat imzolandi. Prezidentlarning takliflariga kelsak, Belarus tomoni MDH doirasidagi integratsiya tarafdori böldi. Sammitda MDH+ formati yaratilişi aytildi. Bu keyingi yillardan taşkilotga a’zo bölmagan boşqa davlatlar bilan kengroq muloqot uçun kerak, deydi taşabbusçilar.
MDHga tanqidlarga ham töxtalişimiz kerak. Ekspertlarga köra, Rossiyaning dominant roli qolgan davlatlar uçun integratsiyadan tiyilişga eng katta sabab. Bundan taşqari, uruşdan beri Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar MDH içidagi iqtisodiy almaşinuv va moliyaviy hamkorlikni çeklaşi mumkin.
Umuman olganda bu format yildan yilga köproq formal ahamiyat kasb etmoqda.