AQŞ Maduroni ağdarmoqçi: MRBga Venesuelada maxfiy operatsiyalar ötkaziş vakolati berildi
|22:28 / 16.10.20256 8999 min
New York Times'ning manbalariga köra, yangi vakolat – Markaziy razvedka boşqarmasiga Venesuelada ölimga olib keluvçi yaşirin operatsiyalarni ötkaziş imkonini beradi. Bundan taşqari, AQŞ harbiylari Venesuela hududidagi ehtimoliy zarbalar beriş variantini ham körib çiqmoqda.
AQŞ prezidenti ma’muriyati maxfiy tarzda Markaziy razvedka boşqarmasiga (CIA – Central Intelligence Agency) Venesuelada yaşirin operatsiyalar ötkazişga ruxsat berdi. Bu haqda öz manbalariga tayanib New York Times naşri xabar berdi. Bu qaror mamlakat rahbari Nikolas Maduroga qarşi kampaniyani keskin kuçaytirişi aytilmoqda.
Bu ruxsat – Tramp ma’muriyatining Venesuelaga bosim ötkaziş siyosatidagi sönggi bosqiçdir. Sönggi haftalarda AQŞ harbiylari Venesuela sohillari yaqinida «narkotik taşiyotgan» deb gumon qilingan bir neçta kemalarni nişonga olib, 27 kişini öldirgan. AQŞ rasmiylari tor doiradagi muloqotlarda Maduroni hokimiyatdan çetlatiş maqsadlarini yaşirmayapti.
Foto: White House
15 oktabr kuni Donald Trampning özi NYT naşrida maxfiy ruxsatnoma haqida xabar çiqqanidan söng, uning mavjudligini tan oldi va AQŞ Venesuela hududida zarbalar berişni ham körib çiqayotganini aytdi.
«Biz hozir quruqlikka ham e’tibor qaratyapmiz, çunki dengizni juda yaxşi nazoratga olganmiz», - dedi Tramp jurnalistlarga. Agar AQŞ Venesuela hududiga zarba bersa, bu keskin eskalatsiya böladi. Avvalgi dengizdagi operatsiyalar esa «xalqaro suvlar»da ötkazilgan deb izohlangan edi.
.@POTUS on striking Venezuelan drug boats: "Every boat that we knock out, we save 25,000 American lives." pic.twitter.com/B3DqY9HF6L
Naşrning yozişiça, yangi vakolat MRBga Venesuelada ölimga olib keluvçi yaşirin operatsiyalarni ötkaziş hamda Karib havzasida turli manyovrlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Mavzuga oid
Agentlik Maduroni yoki uning hukumatini mustaqil tarzda yoki yirik harbiy amaliyot doirasida nişonga olişi mumkin. Şu bilan birga, MRB hozirça Venesuelada qanday operatsiyalarni rejalaştirayotgani noma’lum.
«Bu orada AQŞ harbiylari ham Trampga taqdim etiş uçun özining alohida eskalatsiya variantlarini işlab çiqmoqda, jumladan Venesuela hududiga zarbalar ehtimoli ham körib çiqilmoqda», deb yozmoqda NYT.
Venesuela «haroratni his qilmoqda»
«Venesuela öz qamoqxonalarini böşatib, mahbuslarni AQŞga yubordi», – deya MRBga maxfiy vakolatni beriş sababini izohladi Tramp.
Reuters'ga köra, prezident bu orqali «Tren de Aragua» deb nomlangan guruh a’zolari AQŞga jinoyat sodir etiş uçun yuborilgan, degan da’vosini nazarda tutdi. Mart oyida Tramp uşbu guruhni «terrorçilik taşkiloti» deb e’lon qilib, uni Maduro hukumati topşiriği asosida «noan’anaviy uruş» olib borayotganlikda ayblagandi.
Foto: White House
Biroq AQŞ razvedka hamjamiyatining fevral oyidagi hisobotida bu da’volar rad etilgan. Xususan, unda «Tren de Aragua» tödasining Maduro nazorati ostida emasligi aytilgan. Faqat FQB bu xulosaga qisman e’tiroz bildirgan.
Reutersʼga köra, Tramp MRBda Maduroga nisbatan ölim jazosi yoki suiqasd vakolatiga bor yoki yöqligi haqidagi savolga javob berişdan boş tortgan. Lekin «Venesuela 'issiq haroratni'ni sezmoqda», – dedi.
AQŞning harbiy faolligi va «topilma»
Sönggi oylarda Karib dengizi hududida harbiy kuç töplanişi sezilarli oşdi: ayni vaqtda mintaqada 10 mingga yaqin AQŞ askari bor. Ularning aksariyati Puerto-Rikodagi bazalarda joylaşgan. Şuningdek, dengiz piyodalari amfibiyali hujum kemalarida xizmat qilmoqda. AQŞ dengiz floti Karib dengizida sakkizta harbiy kema va bitta suvosti kemasini şay holatga keltirgan.
Manbalar razvedkaçilar uçun yangi vakolatlarni «prezident topilmasi» deb atagan.
Foto: EPA
AQŞning Venesuelaga nisbatan strategiyasi davlat kotibi Marko Rubio va MRB direktori Jon Ratkliff tomonidan işlab çiqilgan bölib, asosiy maqsad — Maduroni hokimiyatdan ağdariş.
Ratkliffning özi Venesuela böyiça tafsilotlarni oçiqlamadi. Biroq agentlik «köproq xavfga tayyor va faolroq» bölişini va’da qilgan. Uning sözlariga köra, MRB agentlari Trampning topşiriğiga binoan «boşqa heç kim bora olmaydigan joylarga boradi va boşqalar qilolmaydigan işlarni bajaradi».
Rasmiy Karakasning javobi
Venesuela Trampning «tajovuzkor» bayonotlarini rad etib, uni mamlakatning neft boyliklarini egallaş maqsadida «rejimni ağdariş» niyatida aybladi.
Karakas bu masalani payşanba kuni BMT Xavfsizlik Kengaşiga olib çiqişini aytdi.
«Bizning BMTdagi doimiy missiyamiz ertaga Xavfsizlik Kengaşiga va boş kotibga uşbu şikoyatni taqdim etadi. AQŞ hukumatidan javobgarlikni talab qilamiz,» - deyiladi Venesuela taşqi işlar vaziri Ivan Gilning bayonotida.
Avvalroq, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro «millionlab» tinç aholini «Amerika imperiyasi» tomonidan hujum uyuştirilgan taqdirda «qöliga qurol olişga» va öz vatanini himoya qilişga çaqirgan edi. Xususan, sentabrda mamlakat böylab tinç aholi uçun keng kölamli harbiy könikmalar kurslari bölib ötgan.
Foto: Reuters
Tramp esa bu oy boşida Maduro hukumati bilan diplomatik muzokaralarni töxtatgan, bunga sabab sifatida Venesuela rahbarining hokimiyatdan ixtiyoriy ravişda ketişdan boş tortişi va AQŞning giyohvand moddalar savdosi haqidagi ayblovlarini rad etişi keltirilgan.
Maduroga qarşi da’volar
AQŞ Maduro haqida giyohvand moddalar savdosiga aloqadorlik ayblovlari böyiça ma’lumot bergan şaxsga 50 million dollar mukofot va’da qilgan.
Davlat kotibi Marko Rubio Nikolos Maduroni «noqonuniy rahbar» deb, ma’muriyat esa uni «narkoterrorçi» deb ta’riflagan.
Tramp ma’muriyati Maduroni AQŞga möljallangan narkotik savdosidan foyda körişda ayblaydi, biroq bu da’volar doim bahsli bölib kelgan. AQŞ razvedka agentliklarining baholaşlariga köra, Maduro «Tren de Aragua»ni töliq nazorat qilmaydi.
Tramp ma’muriyati Kongressga AQŞ «terroristik guruh» sifatida körilayotgan narkokartellar bilan «qurolli mojaro» holatida, deb xabar qilgan. Şu asosda kartellar «nodavlat qurolli guruhlar» deb e’lon qilinib, ularning harakatlari «AQŞga qarşi qurolli hujum» sifatida talqin qilingan.
Foto:AFP
Oq uyning bunday maxfiy vakolatlari — ijro hokimiyatining eng yopiq va keng imkoniyat beruvçi vositalaridan biridir. Ular odatda har bir ma’muriyat tomonidan qayta tasdiqlanadi, lekin matni deyarli heç qaçon oşkor etilmaydi.
AQŞ harbiy operatsiyalari, masalan Venesuela hududidan kelgan deb taxmin qilinayotgan narkotik taşuvçi kemalarga zarbalar, odatda oşkora e’lon qilinadi. Biroq MRB maxfiy operatsiyalari, odatda, sir saqlanadi.
MRBning Lotin Amerikasidagi operatsiyalari
Markaziy razvedka boşqarmasi uzoq yillardan beri Lotin Amerikadagi yaşirin operatsiyalar bilan şuğullanib keladi.
1954 yilda agentlik Gvatemala prezidenti Xakobo Arbenzni ağdarib, mamlakatni önlab yillik beqarorlikka olib kirgan.
1961 yilda Kuba böyiça operatsiya muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan, agentlik esa Fidel Kastroni öldirişga bir neça marta uringan.
Öşa yili MRB Dominikan Respublikasining diktatori Rafael Truxilloni öldirgan muxolifatlarga qurol yetkazgan.
Şuningdek, agentlik 1964 yilda Braziliyadagi davlat töntarişi, Çe Gevaraning öldirilişi, 1973 yilgi Çili töntarişi va 1980 yillardagi Nikaraguadagi «kontra» uruşlarida ham faol iştirok etgan.