Aroqdan voz keçayotgan qozoqlar, köçadigan poytaxt va Afğon-Pokiston mojarosi – Markaziy Osiyo hafta içida
|18:00 / 19.10.202514 55011 min
Qozoğistonda jami 21 ta qişloq spirtli içimliklardan töliq voz keçdi. Qirğizistonda poytaxt Bişkekdan Jalolobodga köçirilişi mumkin. Tojikistonda öqituvçilarning obröyi oşadi, parlament qonun qabul qildi. Turkmanistonda qurğoqçilik kuçayib bormoqda. “Tolibon” vaziri Hindistonga borgaç, Afğoniston Pokiston bilan töqnaşdi, havodan hujum oqibatida yuzlab kişi yaralandi.
Qirğiziston poytaxtini Manasga köçirilişi mumkin
Manasning eski nomi esa siz bilgan Jalolobod edi. Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyev buni istisno etmadi. Bu haqda mahalliy qirğiz naşri 24.kg xabar berdi.
Taşiyev 2026 yilda Manas Bişkek va Öşdan keyin respublika ahamiyatidagi uçinçi şahar maqomini olişini ta’kidladi. U Jalolobod şahrining Manas deb özgartirilişi strategik jihatdan töğri qaror bölganini aytdi. Taşiyev buni hudud “istiqbolli rivojlaniş salohiyatiga va mamlakat uçun tobora muhim ahamiyatga ega”ligi bilan izohlagan.
“Ba’zi siyosatçilar Manas poytaxtga aylanişi mumkinligini aytgan. Agar bunga loyiq bölsak, nega bölmasin? Buni vaqt körsatadi. Ammo buning uçun şaharni, xalqni tayyorlaş, ruhan hozir böliş kerak. Poytaxt böliş oson emas: şaharga katta mablağ ajratiladi, uni özgartiriş va zamonaviy qiliş kerak”, dedi Qamçibek Taşiyev.
Uning qöşimça qilişiça, şaharda rivojlanişga qaratilgan quriliş va infratuzilma işlari faol olib borilmoqda.
“Manas Qirğizistonning eng zamonaviy va rivojlangan şaharlaridan biriga aylanişi kerak”,deya xulosa qildi xavfsizlik tizimi rahbari, prezidentning yaqini.
Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov şu yilning 17 sentabr kuni Jalolobod şahri nomini Manas deb qayta nomlaş töğrisidagi qonunni imzolagandi. Tegişli qonun Jogorku Keneş tomonidan 10 sentabrda qabul qilingan.
“Uning maqsadi milliy mafkurani mustahkamlaş, Jalolobod şahriga xalq qahramoni, qirğiz xalqining turli bosqinlardan himoyaçisi bölgan buyuk Manas nomini berişdan iborat”, deyiladi izohda.
Eslatib ötamiz, Jalolobod viloyati Özbekistonning 3 ta viloyati bilan çegaradoş. Şahar maydoni 64,6 kvadrat kilometr. Unda 186 mingdan ortiq odam yaşaydi, ular orasida özbeklarning soni ham ançagina.
Mavzuga oid
Qozoq qişloqlari spirtli içimliklardan voz keçmoqda
Şimoliy Qozoğistonda 21 ta qişloq aholisi spirtli içimliklardan butunlay voz keçdi. Bu tendensiya bir neça yil avval boşlangan, bugunga kelib bunday qişloqlar soni 21 taga yetdi, deya xabar berdi mahalliy naşr Tengrinews.
Qozoğistondagi “Yettinçi telekanal” xabariga köra, eng sönggi bölib Qiziljar tumanidagi Baysal qişloği aholisi huşyorlik harakatiga qöşildi. Bunda oqsoqollar taşabbuskor böldi, qolganlar, jumladan, yoşlar ham bir ovozdan spirtli içimliklarni boykot qilişni qöllab-quvvatladi.
"Biror joyga ketganda eşiklarni oçiq qoldirişimiz mumkin, heç kim heç narsaga tegmaydi. Spirtli içimliklar içmaymiz. Ayniqsa, qişloq bölganimiz uçun hozir unvonimiz bor. Biz soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz!" - deydi yaşovçilardan biri.
Qayd etilişiça, bugungi kunda Baysalda 60 ga yaqin fermer xöjaligi, asosan, çorvaçilik va parrandaçilik bilan şuğullanadi.
Qişloqda spirtli içimliklardan voz keçiş nafaqat soğlom odat sifatida, balki butun bir avlod taqdirini özgartirişga qodir jiddiy qadam sifatida qabul qilinadi.
Politsiya xodimlari ham bu haqiqatan ham samarali ekaniga amin. Ular joriy yilda qayd etilgan jinoyatlar 14 foizga kamaygani haqida xabar berişgan.
Viloyatda spirtli içimliklardan voz keçgan qişloqlar 13 taga yetgani borasida avval xabar berilgan edi. Tengrinews’ga köra, ğarbiy Qozoğistondagi 33 qişloqda spirtli içimliklarga taqiq joriy qilingan.
Tojikiston öqituvçilarning mavqeyini mustahkamlamoqçi
Parlament kuni keça “Öqituvçilar maqomi töğrisida”gi qonunni qabul qildi. U yuqori palata tomonidan tasdiqlanib, prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi.
Tojik mahalliy naşri – Asia Plus Tajikistan’ning yozişiça, parlament quyi palatasi deputatlari “Pedagog şa’ni va qadr-qimmatini, kasbiy faoliyati halolligini himoya qiluvçi, pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va kasbiy kafolatlarini tartibga soluvçi qonunni qabul qildi.
Endilikda bu qonun parlamentning yuqori palatasi tomonidan tasdiqlanişi va Tojikiston prezidenti tomonidan imzolanişi kerak, şundan söng u ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. U e’lon qilingan kundan boşlab bir oy ötgaç kuçga kiradi.
Joriy yil iyul oyi oxirida Tojikiston hukumati “Öqituvçilar maqomi töğrisida”gi qonun loyihasini ma’qullab, mamlakat parlamentiga körib çiqiş uçun taqdim etgan edi.
Ma’lum bölişiça, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning şaxsan iltimosiga muvofiq 1 yil avval bu qonunni işlab çiqiş boşlangan. Bilimlar kunidagi nutqida prezident ta’lim tizimi muammolariga töxtalib, tojik jamiyatida öqituvçilarning obro‘-e’tibori va mavqeyi pasayib borayotganidan xavotir bildirdi va tegişli qonun loyihasini işlab çiqişni buyurdi.
Qonun öqituvçilar şa’ni va huquqlarini himoya qiladi va ularning maktablarda tozalaş, pul yiğişda iştirok etişini taqiqlaydi. Şuningdek, u öqituvçilarni haqorat va bosimdan himoya qiladi. Bundan taşqari, qonun öqituvçilarga kafolatlar, jumladan, yer uçastkalari va uy-joylarni birinçi navbatda berişni ta’minlaşi kutilmoqda.
Parlament majlisida “Harbiy burç va harbiy xizmat töğrisida”gi, “Harbiy xizmatçilarning huquqiy maqomi töğrisida”gi, “2025 yilgi Davlat budjeti töğrisida”gi qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş loyihalari ham körib çiqilib, qabul qilingan. Biroq uşbu tuzatişlar tafsilotlari oşkor etilmadi.
Pokiston va Afğoniston töqnaşdi, Kobulga havodan hujum böldi
Pokiston va Afğonistonning çorşanba kungi havo hujumlari va quruqlikdagi janglari oqibatida 10 dan ortiq tinç aholi vakillari halok böldi, 100 dan ortiq kişilar jarohat oldi. Sobiq ittifoqçilarning bu kelişmovçiligi “Tolibon” muvaqqat hukumatining taşqi işlar vaziri işini bajaruvçisi Muttaqiyning Hindiston safari kunlarida battar alanga oldi.
Ayniqsa, Kobuldagilar Pokistondan Afğoniston bilan öynaşmaslikni söragaç, Islomobodning jahli çiqib, hujumlar keskinlaşdi.
“Tolibon” esa Pokistonni Afğoniston haqida notöğri ma’lumot tarqatişda, çegaradagi taranglikni qözğatişda va mamlakat barqarorligi, suverenitetiga putur yetkaziş maqsadida IŞIDga aloqador jangarilarga boşpana berişda aybladi. Pokiston tomoni bu ayblovlarni butunlay rad etadi.
Çorşanba kungi keskinlaşuvdan keyin ikki tomon 48 soatlik sulh e’lon qilgan, Pokiston taşqi işlar vazirligi buni Kobul iltimos qilganini bildirdi. Biroq “Tolibon” hukumati sözlovçisi Zabihulloh Mujohid buni Pokiston söraganini bildirgan. Çorşanba kuni ertalab Pokiston Afğoniston bilan çegaradoş Qandahor viloyatiga havo hujumi uyuştirdi.
Pokiston xavfsizlik rasmiylari havo hujumi çoğida afğon “Tolibon” qöşinlari brigadasi nişonga olinganini ma’lum qildi.
Afğoniston Mudofaa vazirligi esa şahardagi turar joylarga zarar yetganini e’lon qildi. Pokiston Kobulda navbatdagi havo hujumini amalga oşirdi, dedi rasmiylar.
Kobuldagi tez yordam bölimlari havodan hujumdan keyin 40 dan ortiq yaradorlar olib kelingani, 10 dan ortiq kişi vafot etganini ma’lum qilgan. “Biz yaradorlar bilan töldirilgan tez yordam maşinalarini qabul qila boşladik va şifoxonamizdan bir neça kilometr uzoqda portlaşlar sodir bölganini bildik”, deydi tez yordam bölimidagilar.
Har bir tomon bir-birini hujum uyuştirişda aybladi.
Ikki qöşni davlat sönggi haftadagi janglardan buyon öz çegaralaridagi bir neçta ötiş punktlarini yopib qöydi, bu esa savdoni susaytirib, yuk ortilgan köplab transport vositalari harakatini çekladi.
Pokiston dengizga çiqa olmagan, qaşşoq Afğoniston uçun oziq-ovqat va boşqa tovarlarning asosiy manbai hisoblanadi.
Ötgan haftadagi töqnaşuvlar xalqaro xavotirga sabab böldi, Xitoy öz fuqarolari va sarmoyalarini himoya qilişga çaqirdi, Rossiya vazminlikka çaqirdi, AQŞ prezidenti Donald Tramp esa mojaroni tugatişga yordam berişi mumkinligini aytdi.
Reuters’ning ham yozişiça, oxirgi töqnaşuvlar Afğoniston “Tolibon” harakati taşqi işlar vaziri Amirxon Muttaqiyning Pokistonning azaliy raqibi Hindistonga birinçi taşrifi bilan bir vaqtga töğri keldi va bu safar Nyu Dehli Kobuldagi elçixonasini qayta oçişini, Afğoniston “Tolibon” harakati esa öz diplomatlarini Hindistonga yuborişini ma’lum qilgandi.
Turkmanistonda qurğoqçilik kuçayişi mumkin
Bu haqida Meteorological Journal xabar berdi.
Masalan, şu yilning törtinçi çoragida yoğingarçilik miqdori me’yordan 60 foiz kam bölişi mumkin. Bu degani davlatda qurğoqçilik kuçayib bormoqda. Lekin prognozlar Markaziy Osiyo davlatlari, janubiy Qozoğiston, Eron va Afğonistonga ham tegişli.
2024 yil noyabr oyidan boşlab Turkmanistonning Axal viloyatining ayrim hududlarida mahalliy qurğoqçilik zonasi şakllana boşladi. 2025 yilning birinçi çoragiga kelib, poytaxt Aşxobodda ham öta qurğoqçilik darajasiga yetdi. Bahorda qurğoqçilik zonasi qöşni hududlarga kengayib, Balkan va Daşoguz vilayatlarining qöşni tumanlarida ham kuzatildi.
Aşxobodda joriy yilning 9 oyida yillik yoğingarçilikning atigi 27 foizi töğri kelgan. Bu yil tarixdagi eng quruq yillardan biri bölmoqda. Lekin bir martagina kuçli yomğir yoğsa, uşbu ssenariy bekor bölişi ham mumkin.
Turkmaniston hayotidan yana bir yangilik şuki – Avaza energetiklar elektr işlab çiqariş böyiça davlat rejasini oşiği bilan bajardi. Asosiy davlat kanali – Oltin asrning xabar berişiça, şu yil boşidan buyon Turkmanistonning “Avaza” davlat stansiyasida 870 million 506 ming kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan.
Bu körsatkiçlar esa rejalaştirilgan işlab çiqarişdan 20 506 000 kilovatt-soatga oşiq, deya körsatdi telekanal. Bundan taşqari, işlab çiqarişning ösiş sur’ati 110 foizga yetgani aytiladi.
“Avaza”dagi elektr stansiyasi turli darajadagi köplab mehmonxonalar, sanatoriylar, majmua va inşootlar, köngiloçar va soğlomlaştiriş markazlari, ijtimoiy-madaniy inşootlarni uzluksiz energiya bilan ta’minlaydi.
Bundan taşqari, korxona nafaqat Balkan viloyatining, balki butun mamlakatning elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qondirişda muhim ahamiyatga ega.