Toşkent şahri, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida korrupsiya holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tuşgan murojaatga asosan savdo va maişiy xizmat körsatiş kompleksining yonğin xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa beriş evaziga 3 ming dollar talab qilgan. U uşbu pul mablağini özining xizmat xonasida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda uşlangan. 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, mansabdorga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. 

Surxondaryoda Jarqörğon tuman majburiy ijro bölimi boşliği örinbosari va davlat ijroçisi tezkor tadbirda qölga olingan. Ular bölim iş yurituvida bölgan ijro işi doirasida 1993 yilda tuğilgan fuqaroga nisbatan xorijga çiqişga qöyilgan taqiqni bekor qilib beriş uçun 600 dollar, paxta va ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjalikka nisbatan yuritilgan ijro işi doirasida xöjalikning yer maydonlarini auksion savdolarga çiqarmaslik evaziga 10 mln söm olgan vaqtida uşlangan. Mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Toşkent şahrida kuzatilgan holatda esa advokatlik byurosi advokati hamda advokatlik hay’ati advokatining noqonuniy harakatlari foş etilgan. Ular Olmazor tumanida yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida unga qöllangan qamoq ehtiyot çorasini tanişlari orqali uy qamoği ehtiyot çorasiga özgartirib beriş evaziga 14 ming dollar talab qilgan. Advokatlar Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda söralgan pul mablağini olgan vaqtida uşlangan. 

Hozirda uşbu ikki advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modddasi 3-qismi “a,v” bandlari va 28 orqali 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. 

Avvalroq Buxoroda sud xodimi, Samarqandda Agroinspeksiya xodimi