2025 yil 21 oktyabrdagi prezident farmoniga muvofiq, tuman va şahar hokimliklari faoliyatini tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.

Farmonga köra, hokimliklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • “Aholi va tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qiliş” tamoyilini hayotga töliq joriy etiş maqsadida hokimliklarni aholi va tadbirkorlarga kompleks xizmat körsatuvçi zamonaviy tuzilmaga aylantiriş;
  • mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etişda hokimliklarning ma’muriy vakolatlarini kengaytiriş;
  • hududiy rivojlanişga oid ustuvor vazifalar va mas’uliyat doirasini aniq belgilaş.

2026 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida “Yangi Özbekiston qiyofasidagi tuman (şahar)” maqomidagi 33 ta tuman va Surxondaryo viloyatining qolgan barça tuman va şahar hokimliklari tuzilmasiga ötkaziladi.

Tajriba-sinov davrida:

  • hokimlar respublika ijro etuvçi organlarning tuman va şahar bölinmalari faoliyati ustidan bevosita rahbarlik qiladi;
  • hokim örinbosarlarining soni Surxondaryo viloyatida 6 nafar, boşqa tuman va şaharlarda 4 nafar qilib belgilanadi.