Şu kunlarda Toşkent xalqaro tibbiyot kampusiga aylanadi. Bu yerda Yevropa va Osiyodan kelgan talabalar, olimlar va şifokorlar yagona maqsad — bilimlar amaliyotga, ğoyalar esa haqiqiy tibbiy yeçimlarga aylanadigan makon yaratiş uçun jamlanadi.
Intellektual musobaqada dunyoning 60 ta yetakçi universitetidan 300 nafar talaba iştirok etadi. Ular Özbekiston, Rossiya, Turkiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Koreya Respublikasi, Xitoy, Gruziya, Çexiya, Indoneziya, Vengriya va Avstraliyadan taşrif buyuradi. Bu talabalar uçun öz tayyorgarlik darajasini körsatiş, tajriba almaşiş va butun dunyo böylab bölajak hamkasblari bilan kasbiy aloqalar örnatiş uçun noyob imkoniyatdir.

Musobaqa dasturi akademik qat’iyat va klinik amaliyotni öz içiga oladi:
· Tibbiyotning asosiy yönalişlari böyiça nazariy testlar;
· Amerika Yurak assotsiatsiyasi (AHA BLS) standartlari böyiça amaliy topşiriqlar;
· Taşxis qöyişni talab qiluvçi klinik holatlar;
· Interfaol tibbiy viktorinalar va simulyatsiyalar.
Olimpiada nafaqat nazariy bilimlarni, balki kasbiy tafakkurni ham keng kölamda sinovdan ötkazadi.

Olimpiada taşkilotçisi — Central Asian University (CAU) rekord darajadagi sovrin jamğarmasini taqdim etadi:
1-örin — 500 mln söm;
2-örin — 300 mln söm;
3-örin — 150 mln söm.
Ğoliblar nafaqat pul mukofotlarini, balki xalqaro e’tirofni ham qölga kiritadi. Bu esa keyinçalik dunyoning yetakçi klinikalarida amaliyot ötaş va hamkorlik qiliş imkoniyatini beradi.

Xalqaro tibbiyot olimpiadasi iştirokçilarini Yevropa va AQŞning nufuzli ilmiy markazlari vakillari bölgan tibbiyot va biotibbiyot fanlari sohasidagi dunyoning yetakçi ekspertlari baholaydi. Ulardan har biri tan olingan mutaxassis bölib, ularning tadqiqotlari kelajak tibbiyotining zamonaviy tuşunçasini şakllantirişga xizmat qiladi.













