Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Central Asian University 2026 yilda qabul kvotalarini qisqartirib, tanlovni kuchaytirmoqda
Central Asian University 2026 yilda qabul jarayonini qat’iylashtirmoqda. O‘rinlar soni kamayib, raqobat kuchaymoqda. Universitet qabul kvotalarini qisqartirib, yutuqlar uchun yangi grantlarni joriy qilmoqda - ular butun o‘qish davri uchun ta’lim to‘lovini 100% gacha qoplaydi. Umumiy qabul 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa-da, arizalar soni allaqachon 2000 ga yaqinlashmoqda.
Foto: Central Asian University
Bunday yondashuv qabulning yangi mantig‘ini aks ettiradi: kamroq o‘rin, yuqoriroq talablar, kuchliroq raqobat. Central Asian University yanada tanlovga asoslangan akademik muhitni shakllantirib, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha abituriyentlarni saralashni kuchaytirmoqda.
Universitetning rasmiy veb-saytida har bir maktab bo‘yicha bitta o‘ringa to‘g‘ri keladigan nomzodlar soni ko‘rsatilgan jadval e’lon qilingan. Abituriyentlar va ota-onalar tanlovdagi joriy vaziyatni kuzatib borishlari uchun u har kuni yangilanadi.
CAU xalqaro olimpiadasi va yangi grantlar
Qabul kampaniyasining asosiy yangiliklaridan biri — 12–13 iyun kunlari Central Asian University kampusida kimyo, matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadadir. Uning natijalariga ko‘ra, ishtirokchilar butun o‘qish davri uchun 100% gacha grant yutqazib olishlari va “Be Student” tayyorlov dasturi doirasida maxsus imkoniyatlarga ega bo‘lishlari mumkin.
11-sinf o‘quvchilari uchun
1–3-o‘rin — butun o‘qish davri uchun 100% lik ta’lim granti*
4–6-o‘rin — butun o‘qish davri uchun 50% lik grant*
7–10-o‘rin — butun o‘qish davri uchun 25% lik grant*
10-sinf o‘quvchilari uchun
1–3-o‘rin — butun o‘qish davri uchun 100% lik ta’lim granti**
4–10-o‘rin — «Be Student» tayyorlov dasturida bepul o‘qish va uni muvaffaqiyatli tamomlaganda CAU’ga kirish kafolati
9-sinf o‘quvchilari uchun
1–10-o‘rin — «Be Student» dasturida bepul o‘qish va keyin CAU’ga kirish kafolati
* Har bir semestr yakunida GPA 3.3 dan past bo‘lmasligi shart. Tibbiyot va stomatologiya dasturlari uchun IELTS 6.0 yoki ekvivalenti, boshqa yo‘nalishlar uchun IELTS 5.5 talab qilinadi.
** 10-sinf g‘oliblari uchun grant bitiruv yiligacha saqlanadi va kirish imtihonlari hamda til talablari bajarilgandan keyin taqdim etiladi.
Ishtirok etishning batafsil shartlari, grantlarni taqdim etish tartibi va olimpiadaning to‘liq reglamenti Central Asian University rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.
Shunday qilib, Central Asian University abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida ikkita muhim xabarni yetkazmoqda: bir tomondan, o‘rinlar kamayib, raqobat kuchaymoqda; boshqa tomondan esa, kuchli nomzodlar uchun grant yutib olish va o‘z yutuqlari orqali universitetga o‘qishga kirish imkoniyatlari kengaymoqda.
2026 yil qabul kvotalari

* 14.04.2026 holatiga ko‘ra
Kuchli yo‘nalishlar va afzalliklar
Tibbiyot maktabi
Central Asian University Tibbiyot maktabi har bir qarorning bahosi juda yuqori bo‘lgan kasb uchun bo‘lajak shifokorlarni 6 yillik dastur asosida tayyorlaydi. Ta’lim USMLEga tayyorgarlikni o‘z ichiga olgan xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi kundanoq klinik fikrlash, amaliy ko‘nikmalar va zamonaviy infratuzilmani o‘zida mujassam etadi.

Talabalar birinchi kursdanoq klinik rotatsiyalardan o‘tadilar, zamonaviy simulyatsion uskunalar bilan ishlaydilar, anjumanlarda qatnashadilar va xorijda amaliyot o‘taydilar. Shuningdek, universitet har bir talabaning ish bilan ta’minlanishini kafolatlaydi.
Kuchli abituriyentlar uchun kimyo olimpiadasi butun o‘qish davri uchun ta’lim to‘lovini to‘liq qoplashni o‘z ichiga olgan grantni qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.
Biznes maktabi
Central Asian University Biznes maktabi zamonaviy ishbilarmonlik muhiti uchun bo‘lajak mutaxassislar va boshqaruvchilarni tayyorlaydi. Talabalar marketing, menejment, iqtisodiyot, moliya, kommunikatsiyalar va xalqaro biznesni o‘rganadilar, dolzarb keyslar bilan ishlaydilar hamda real biznes vazifalari uchun amaliy vositalarni o‘zlashtiradilar.

Ta’lim keys-metodlar, simulyatsiyalar, Bloomberg Lab va AI Lab’dagi mashg‘ulotlarga asoslanadi. Maktabning muhim afzalligi CBS (Germaniya) bilan hamkorlik va qo‘shma diplom dasturi bo‘yicha ta’lim olish imkoniyatining mavjudligidir.
Yo‘nalishlar:
- Marketing
- Menejment
- Buxgalteriya hisobi va moliya
- Xalqaro biznes
- Iqtisodiyot
- Ingliz tili va uni o‘qitish metodikasi
Iqtidorli abituriyentlar uchun matematika bo‘yicha olimpiada butun o‘qish davri uchun kontrakt to‘lovining 100 foizigacha qoplaydigan grantni yutib olish imkoniyatini ham beradi.
Arxitektura va dizayn maktabi
Bu yo‘nalish g‘oyalarni real professional yechimlarga aylantirish istagida bo‘lganlar uchundir. Joriy yilning o‘zidayoq maktabning yangi kampusi — talabalarning ta’lim olishi, loyihalar ustida ishlashi va kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan zamonaviy maskan o‘z faoliyatini boshlaydi. Yangi infratuzilma ta’lim jarayonini yanada amaliyroq shaklda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu yerda arxitektura va dizayn amaliyot, g‘oyalar, shakl, makon va real vazifalar bilan ishlash orqali o‘rganiladi.

Iqtidorli nomzodlar uchun olimpiada grant ko‘magini, jumladan, butun o‘qish davri uchun ta’lim to‘lovining 100 foizlik qoplanishini qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.
Muhandislik maktabi
Central Asian University Muhandislik maktabi kelajak texnologiyalarini shakllantiruvchi sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, robototexnika va raqamli tizimlar kabi yo‘nalishlar uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Bu yerdagi ta’lim kuchli akademik baza, zamonaviy infratuzilma, amaliy tayyorgarlik va o‘qishning ilk bosqichlaridanoq real loyihalar uyg‘unligiga asoslanadi. Bunday yondashuv talabalarga o‘z bilimlarini dolzarb texnologik vazifalarni hal etishda zudlik bilan qo‘llashga yordam beradi.

Tayyorlov yo‘nalishlari:
• Biotibbiyot muhandisligi
• Sanoat muhandisligi
• Raqamli texnologiyalar va kompyuter fanlari
Muhandislik maktabi abituriyentlari butun o‘qish davri uchun 100 foizgacha grant yutib olish imkoniyati bilan matematika bo‘yicha olimpiadaga taklif etiladi.
Stomatologiya maktabi
Central Asian University Stomatologiya maktabi zamonaviy klinik amaliyot uchun mutaxassislar tayyorlaydi. 5 yillik DDS dasturi bo‘yicha ta’lim birinchi kundan boshlab amaliy tayyorgarlik, zamonaviy klinik muhitda ishlash, xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashish va xalqaro standartlar asosida o‘qishni o‘z ichiga oladi.

Dastur lazerli stomatologiya, implantologiya hamda stomatologning kasbiy malakasini xalqaro standartlar bo‘yicha tasdiqlovchi NBDE va MFDS imtihonlariga tayyorgarlikni qamrab oladi. CAU Yevropa stomatologik ta’lim assotsiatsiyasi — ADEE hamkori hisoblanadi, bu esa talabalarga Yevropadagi amaliyotlar va almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Bo‘lajak stomatologlar uchun ham olimpiada natijalari butun o‘qish davri uchun kontrakt to‘lovining 100 foizgacha qoplanadigan grantni yutib olish imkoniyatini taqdim etadi.
Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi
Central Asian University Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi xalqaro mehmondo‘stlik, servis va turizm sohasi uchun bo‘lajak boshqaruvchilarni tayyorlaydi. O‘quv dasturi 3 yil davom etadi hamda xalqaro standartlar, amaliy tayyorgarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga mujassam etadi. Maktabning muhim afzalligi QS World University Rankings by Subject 2026 reytingiga ko‘ra “Hospitality & Leisure Management” yo‘nalishi bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egallovchi va dunyoning top-20 taligiga kiruvchi HTMi Switzerland bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidir.

Nima uchun abituriyentlar hujjatlarni erta topshirmoqda?
Central Asian University’ga 2026 yilgi qabul jarayoni yuqori talab va o‘rinlar soni cheklangan sharoitda o‘tmoqda. Bunday vaziyatda yo‘nalishni o‘z vaqtida tanlash, tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tish va qabul komissiyasi faoliyati davomida o‘zlari uchun ko‘proq imkoniyatlarni saqlab qolish maqsadida tobora ko‘proq abituriyentlar hujjatlarni oldindan topshirishga qaror qilmoqda.
Abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida universitet saytiga har bir maktab bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan nomzodlarning joriy soni ko‘rsatilgan jadval joylashtirilgan. U real vaqt rejimida yangilanib boradi va qabul jarayoni davomida tanlov holatini kuzatish imkonini beradi.
Hujjatlarni erta topshirish o‘z kelajagini tanlashga jiddiy yondashadiganlar uchun oqilona qaror hisoblanadi. Central Asian University’da qabul jarayoni boshlanib ulgurdi.

Qanday qabul qilinadi?
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talab etiladigan hujjatlar:
- pasport (skaner nusxasi)
- attestat yoki diplom
- 3,5 × 4,5 o‘lchamdagi fotosurat
- IELTS/SAT sertifikati (mavjud bo‘lsa)
Qabul komissiyasi: (+998) 71-200-05-22, (+998) 71-208-12-34.
Elektron pochta = [email protected]
Veb-sayt | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 10.04.2026
Central Asian University klinik amaliyotining to‘laqonli simulyatsiyasi orqali tibbiy ta’limning noyob formatini joriy etmoqda
17:00 / 26.02.2026
Central Asian University mintaqadagi yirik texnologik tadbirda 17 mamlakat va 1 200 nafar ishtirokchini birlashtiradi
15:00 / 26.11.2025
CAU’da maktab o‘quvchilari hamda litsey va kollej bitiruvchilari uchun oliy o‘quv yurtiga tayyorgarlikning yangi shakli - Be Student dasturiga start berildi
09:00 / 29.10.2025