Özbek Milliy Akademik drama teatri ustoz san’atkori, Özbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, "Fidokorona xizmatlari uçun" ordeni sohibi, teatr, kino va dublyaj aktyori Yoqub Ahmedov 87 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbek milliy akademik drama teatri xabar berdi.
Yoqub Ahmedov 1938 yil 3 yanvar kuni Namangan şahrida tuğilgan. Bolalik davridan sahnaga mehr qöyib, Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatridagi spektakllarda qatnaşgan.
1959 yili A.N.Ostrovskiy nomidagi Toşkent teatr va rassomlik san’ati institutini (hozirgi Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) tamomlagan.
1958 yildan Toşkentdagi Hamza nomidagi Özbekiston akademik drama teatri (2001 yildan — Özbekiston Milliy akademik drama teatri) aktyori bölib işlagan, sahnada 50 ga yaqin qirrali obraz yaratgan. 1990-yillar oxiri — 2013 yilgaça teatr direktori sifatida faoliyat yuritgan, 2015 yilda teatr qoşida “Aktyorlik mahorati maktabi” studiyasini taşkil etgan.
Kinoda 1958 yildan suratga tuşgan, yuzlab kinoloyihalarda iştirok etgan. 400 dan ortiq film dublyaj jarayonida qatnaşgan. Filmografiyasida “Maftuningman” (1958), “Şum bola” (1977), “Ali-Bobo va Qirq qaroqçi sarguzaştlari” (1980), “Yulduzli tunlar”dagi obrazlar va boşqalar bor.
















