Senatning ön birinçi yalpi majlisida «Davlat ijtimoiy suğurtasi töğrisida»gi qonun muhokama qilindi.
«Ma’lumki, uşbu qonun dastlab senatorlar tomonidan bildirilgan qator e’tirozlar asosida rad qilingandi. Uşbu Qonun Oliy Majlis palatalarida kelişuv komissiyasi tuzilgan holda qayta işlandi.
Muhokama çoğida senatorlar tomonidan qayd etilganidek, qonun bilan belgilanayotgan normalar xodimlar manfaatini işonçli himoya qilişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir», deyiladi Senat matbuot xizmati xabarida.
Qonun bilan Davlat ijtimoiy suğurtasi jamğarmasi tomonidan uç turdagi, ya’ni kasallik munosabati bilan vaqtinça mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tuğiş, işni yoki daromadni yöqotiş böyiça suğurta tölovlari tölanişi belgilanmoqda. Bunday suğurta hodisalari yuzaga kelgan taqdirda, jamğarma tomonidan suğurtalangan şaxslarga va (yoki) ularning oila a’zolariga davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tuğiş nafaqasi, işdan böşatiş nafaqasi tölab berilişi nazarda tutilmoqda.
Jamğarma tomonidan davlat ijtimoiy suğurtasi mablağlari ijtimoiy soliqning bir qismi, suğurta badallari, respublika budjeti mablağlari, jamğarmaning vaqtinça böş turgan mablağlarini depozitlarga joylaştirişdan olinadigan daromadlar, qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa tuşumlar hisobiga şakllantiriladi.
Şuningdek, qonunda davlat ijtimoiy suğurtasining amal qilişi kimlarga nisbatan majburiy, kimlarga nisbatan ixtiyoriy asosda amalga oşirilişi belgilanmoqda.
Bunda suğurta badali majburiy davlat ijtimoiy suğurtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uçun Davlat budjeti töğrisidagi qonun bilan belgilangan miqdorlarda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining bir qismi hisobidan, ixtiyoriy davlat ijtimoiy suğurtasi bilan qamrab olinadigan fuqarolar uçun minimal miqdori qonunçilik hujjatlari bilan belgilanadigan tölov hisobidan şakllantirilişi qayd etilgan.
Yalpi majlis davomida senatorlar tomonidan Qonunda belgilangan suğurta badali, suğurtalangan şaxslar, suğurtalovçi, suğurta qildiruvçilarning huquq va majburiyatlari, davlat ijtimoiy suğurtasi moliyaviy barqarorligining davlat kafolatlari, davlat ijtimoiy suğurtasi böyiça tölovlarni tayinlaş, töxtatib turiş va tugatiş kabi qator masalalarga ham e’tibor qaratilgan.














