“Mening maktabim” loyihasining 2025/26 öquv yilidagi birinçi mavsumi doirasida loyiha kiritiş bosqiçi öz yakuniga yetdi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga köra, 22-31 oktyabr kunlari maktab öquvçilaridan öz maktabini qöşimça jihozlaş böyiça jami 112 272 ta loyiha kelib tuşgan.

Bu körsatkiç bilan, “Oçiq budjet” portalida ötkazib kelinayotgan taşabbusli budjetlaştiriş jarayonlaridagi rekord yangilandi. Bundan oldingi rekord “Taşabbusli budjet”ning 2022 yil 1-mavsumida örnatilgan, öşanda özbekistonliklar öz mahallasidagi şart-şaroitlarni yaxşilaş böyiça 69 mingta taklif kiritgan edi.

“Mening maktabim”da Toşkent şahridagi maktablardan eng köp – 18 229 ta loyiha ilgari surilgan. Yuz minginçi loyihani kiritgan öquvçi – Mirobod tumanidagi 263-sonli maktabning 5-“A” sinfidan Emiliya Zavarzina böldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Emiliyani tabriklab, unga “Moliyaviy luğat” kitobini sovğa qildi.

Vazirlik, şuningdek, öquvçilarni loyihada qatnaşişga rağbatlantiriş uçun “Eng qiziqarli loyiha” tanlovini ham e’lon qilgan.

Köplab öquvçilar interaktiv sensorli panel, raqamli mikroskop va sport jihozlari kabi ta’lim bilan boğliq takliflarni ilgari surgan bölsa, ayrimlar maktab uçun virtual közoynaklar va robototexnika töplami sotib olişni taklif qilgan. Musiqa xonasi uçun pianino oliş yoki maktab hududida katta şaxmat maydoni qurişni sörayotganlar ham bor.

Şu bilan birga, portalda sinfxona uçun zamonaviy parta, kiyim javon, suvdon (kuler), jömrak uçun möljallangan suv isitkiç kabi takliflarni ham köriş mumkin.

Barça loyihalar 1-10 noyabr kunlari saralanadi, saralaşdan ötganlari 11-20 noyabr kunlari ovoz beriş bosqiçiga ötkaziladi. Ovoz berişda faqatgina maktab öquvçilari öz maktabi böyiça kiritilgan takliflarga ovoz bera oladi.