«O‘zgidromet» 5–7 noyabr kunlari havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilayotgani sababli tezkor ogohlantirish e’lon qildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlarda dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.

Avvalroq «O‘zgidromet»hafta o‘rtasida harorat kechalari 0…–3 daraja, shimolda –5 darajagacha, kunduz kunlari +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.