Rossiya Fanlar akademiyasi Sibirdagi Ob daryosi suvining bir qismini Markaziy Osiyoga, xususan, Özbekistonga yönaltiriş loyihasini amalga oşiriş imkoniyatini örganadi, deb xabar berdi RBK.

Gap 1970 yillarda Markaziy Osiyoning qurğoqçil hududlariga suv yetkazib beriş uçun oçiq kanallar qurişni nazarda tutgan sovetlarning Sibir daryolarini «buriş» loyihasining zamonaviy muqobili haqida bormoqda. Yangi variantda yopiq suv quvurlari tizimini yaratiş körib çiqilmoqda, bu esa, olimlarning fikriga köra, suv yöqotişlarini minimallaştiriş va atrof-muhitga ta’sirni kamaytiriş imkonini beradi.

Loyihani işlab çiqiş töğrisidagi qaror oktabr oyida bölib ötgan Rossiya Fanlar akademiyasi Yer töğrisidagi fanlar bölimining «Quruqlikning suv resurslari» ilmiy kengaşi yiğilişida qabul qilindi. Uçraşuvda Rossiya suv xöjaligini strategik rejalaştiriş masalalari, jumladan, «daryo oqimini keng kölamli havzalararo va transçegaraviy ötkaziş imkoniyatlari va oqibatlari, şu jumladan iqlim ta’siri va iştirokçi mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga ta’siri» körib çiqildi.

Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti ilmiy direktori Viktor Danilov-Danilyan sözlariga köra, olimlar Fan va oliy ta’lim vazirligiga uşbu yönalişdagi ilmiy-tadqiqot işlarini moliyalaştirişni davlat rejasiga kiritişni taklif qilmoqçi.

Yiğilişda ikkita ustuvor ğoya - Ob daryosi suvining bir qismini Özbekiston va Qozoğiston çegarasidagi Orol mintaqasiga qayta taqsimlaş, şuningdek, Peçora va Şimoliy Dvina daryolari oqimini Azov daryosiga çiqiş bilan Volga havzasiga yönaltiriş masalalari muhokama qilindi. Bunday yondaşuv, tadqiqotçilarning fikriça, nafaqat Rossiya içida, balki Markaziy Osiyo hududida ham suv balansini optimallaştiriş imkonini beradi.

«Poliplastik» guruhi direktorlar kengaşi raisi Lev Gorilovskiy taxminan 2100 km uzunlikdagi yetti yönalişdan iborat yopiq bosimli quvur qurişni taklif qildi. Uning hisob-kitoblariga köra, birinçi bosqiçda tizim yiliga 5,5 milliard kub metr, kerak bölsa, uç-tört baravar köproq suv yetkazib berişni ta’minlay oladi. Şu bilan birga, kompaniya matbuot xizmati «Poliplastik» Sibir daryolari suvlarini köçiriş bilan boğliq loyihalarning iştirokçisi yoki taşabbuskori emasligini va taqdim etilgan materiallar faqat ilmiy-ekspert xarakterga ega ekanini ma’lum qildi.

Yiğilişda sözga çiqqan akademik Robert Nigmatulin Markaziy Osiyoda suv va elektr energiyasi tanqisligi kuçayib borayotganiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlaşiça, suv resurslari taqçilligi allaqaçon çöllanişga, hosildorlikning pasayişiga va ijtimoiy-iqtisodiy xavflarga olib kelmoqda. Uning sözlariga köra, Ob oqimining faqat bir qismidan foydalaniş - yiliga 20 dan 70 kub kilometrgaça, umumiy hajmi esa 3000 kub kilometr suv - mintaqa muammosini qisman hal qilişi va şu bilan birga «Arktikaga issiqlik yukini kamaytirişi» mumkin.