Özbekistonda 2024 yilgi yalpi içki mahsulot hajmi qayta hisoblangaç, 121,4 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi raisi Behzod Hamroyev 17 noyabr kuni Toşkentda ötkazilgan xalqaro konferensiyada ma’lum qildi.
Yakuniy hisob-kitoblarga köra, 2024 yil yakuni bilan mamlakat yalpi içki mahsulotining nominal hajmi amaldagi 1 kvadrillion 454,6 trillion sömdan 1 kvadrillion 535,4 trillion sömga (+80,9 trillion söm) yoki 5,6 foizga ortdi. YaIM AQŞ dollari hisobida 115 mlrd dollardan 121,4 mlrd dollarga köpaygan.
Şuningdek, qayta hisoblaşdan söng, 2024 yilda aholi jon boşiga YaIM hajmi 41,3 mln sömni taşkil etgan.
Ötgan yil uçun davlat budjeti ijrosining töliq qamrovi ta’minlanişi natijasida 36,4 trln söm yangi qöşilgan qiymat aniqlangan. Sanoat sohasi böyiça 2024 yil uçun qöşilgan qiymat hajmi 12,7 trln sömga oşgan. Şuningdek, qişloq xöjaligida 5,6 trln söm, qurilişda 10,3 trln söm va xizmatlar sohasida 16,3 trln söm miqdorida qiymat qöşimça hisoblangan.
Ma’lumot uçun, yil boşida Özbekiston iqtisodiyoti 2024 yilda 6,5 foizga ösib, yalpi içki mahsulot hajmi 1 kvadrillion 454 trln söm yoki 114,9 mlrd dollarni taşkil etgani, aholi jon boşiga YaIM 39,1 mln söm yoki 3093 dollarga yetgani xabar qilingandi.












