Özbekiston yalpi içki mahsuloti 2024 yil yakuniga köra joriy narxlarda 1,45 kvadrillion sömni taşkil qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi. Ötgan yilda iqtisodiy ösiş 6,5 foiz bölgan.

Qayd etilişiça, 2024 yilda AQŞ dollarining sömga nisbatan örtaça rasmiy kursi 12 652,7 söm, 2023 yilda 11 737,2 söm, 2022 yilda 11 051,2 söm, 2021 yilda 10 610 söm, 2020 yilda 10 055,8 sömga teng bölgan. Joriy davrda örtaça almaşuv kursi böyiça hisoblangan nominal YaIM hajmi 114 mlrd 962 mln AQŞ dollariga teng bölgan.

Ötgan yilda aholi jon boşiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 39 mln 131 ming sömni yoki 3 092,7 AQŞ dollarini taşkil etgan. 2024 yilda aholi jon boşiga YaIM hajmining real ösişi 2023 yilga nisbatan 4,4 foiz, 2020 yilga nisbatan esa 19,5 foiz bölgan.

Ötgan yil 2023 yilga nisbatan YaIM tarkibida xizmat körsatiş sohasining uluşi 46,2 foizdan 47,4 foizga, sanoatning uluşi 25,3 foizdan 26,4 foizga oşgan, qişloq, örmon va baliq xöjaligining uluşi 21,2 foizdan 19,2 foizga, qurilişniki 7,3 foizdan 7 foizga kamaygan.


















