Farrux Jahongiroviç Pölatov Soliq qömitasi raisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.

Öz navbatida, şu paytgaça Soliq qömitasini boşqarib kelgan Şerzod Qudbiyev yangi taşkil etilgan Urbanizatsiya qömitasiga rais etib tayinlandi.

Farrux Pölatov 1979 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. 2001 yildan Farğona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti Farğona viloyati boşqarmasi boşliği bölgan.

2018 yil iyul oyida “Özdonmahsulot” AJ raisi etib tayinlangan. 2022 yil mart oyida Kadastr agentligi direktori lavozimini egallagan va şundan buyon uşbu lavozimda işlab kelayotgan edi.