Xalqaro havo sifati indeksi (IQAir) tomonidan e’lon qilingan reytingga köra, 20 noyabr kuni Toşkent havoning ifloslaniş darajasi böyiça dunyoda 1-örinni egalladi.
Poytaxtda havo sifati indeksi 20 noyabr kuni kunduzi 250 birlikni taşkil etdi va soat 18:23ga kelibgina, havo iflosligi böyiça reytingda öz örnini Lohur şahriga “böşatib berdi”.
Soat 18:25 holatiga eng yuqori uçlikda quyidagi şaharlar qayd etildi: 1-örin – Lohur, 2-örin – Toşkent va 3-örin – Dehli.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bunday körsatkiç soğliq uçun xavf tuğdirib, ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor şaxslar uçun xavf darajasini oşiradi.
20 noyabr kuni soat 09:00 holatiga köra avtomatik monitoring stansiyalari ma’lumotlariga asosan, Toşkent şahri atmosfera havosidagi PM2,5 mayda dispers zarraçalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan 3,4 baravar yuqori qayd etildi. Aholi va mehmonlarga oçiq havodagi faoliyatini çeklaş va niqob taqib yuriş tavsiya etildi.

















