Yangi harbiy samolyotlar – şunçaki texnika emas. Ular kuç namoyişi, muhandislik taraqqiyotining belgilari va köp hollarda insoniyat yaratgan eng murakkab texnik tizimlardir. Havo hujumidan mudofaa tizimini yorib öta oladigan stels-bombardimonçilardan tortib, davlat xavfsizligi uçun yaratilgan havodagi boşqaruv punktlarigaça – quyida tarixdagi eng qimmat beş harbiy samolyot röyxati keltiriladi.

1. B-2 Spirit

B-2 Spirit hanuzgaça tarixdagi eng qimmat samolyot unvonini saqlab turibdi. AQŞ HHK va Pentagon ma’lumotlariga köra, 1997 yilga kelib, dasturning umumiy qiymati 21 ta samolyot uçun 44,75 milliard dollarga yetgan. Demak, bitta bombardimonçining örtaça xarid qiymati taxminan ikki milliard dollarga teng.

Havo kuçlari inflatsiyani hisobga olgan holda rasmiy yangilangan raqamlarni e’lon qilmagani uçun tahlilçilar, odatda, aynan şu hujjatlaştirilgan “ikki milliard dollarni” asos qilib oladi. Jami 21 dona B-2 Spirit qurilgan, şulardan 19 tasi hozirgaça safda qolmoqda.

B-2 Spirit  Foto: Air Force 

2. VC-25B Air Force One

VC-25B – davlat rahbari uçun möljallangan samolyot. Bu harbiy maqsadlarda yaratilgan eng qimmat samolyotlardan biri hisoblanadi.

Foto: Getty Images

2018 yili AQŞ HHK Boeing kompaniyasi bilan ikki dona 747-8 yölovçi samolyotini yangi avlod Air Force One’ga aylantiriş uçun 3,9 milliard dollarlik şartnoma tuzdi. Inflatsiya va ortiqça xarajatlarni hisobga olgan holda, har bir samolyotning haqiqiy qiymati 2–2,5 milliard dollar atrofida baholanadi – buning ustiga ekspluatatsiya (uçiriş, texnik xizmat, modernizatsiya) xarajatlari bunga kirmaydi.

3. B-21 Raider

B-21 Raider – uşbu röyxatda hali töliq işlab çiqilmagan, lekin şunga qaramay, allaqaçon eng qimmat harbiy maşinalar qatoriga kirib ulgurgan yagona samolyot bölib.

Foto: USAF

AQŞ HHK bitta samolyotni xarid qiliş uçun möljallangan örtaça narxni 2022 yil narxida taxminan 692 million dollarga belgilagan. Oçiq manbalardagi baholaşlarga köra, inflatsiya va qöşimça xarajatlarni hisobga olganda, amaliy qiymat bir samolyot uçun taxminan 750–800 million dollar atrofida böladi.

Bu, albatta, bir dona B-2 bilan soliştirganda arzonroq, lekin rejalaştirilgan xarid hajmi — kamida 100 ta samolyot (keyinçalik taxminan 145 tagaça oşişi mumkin) — bu summani yanada hayratomuz darajaga olib çiqadi.

4. F-22 Raptor

Agar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari, şuningdek infratuzilma xarajatlari ham hisobga olinsa, har bir F-22 uçun umumiy qiymat taxminan 350–360 million dollarni taşkil etgan. Bu raqam 67,3 milliard dollarlik umumiy dastur budjeti va 195 dona samolyot taqdim etilgani hisobidan çiqariladi.

Foto: US Air Force

Bu F-22 Raptor’ni tarixdagi eng qimmat qiruvçilardan biriga aylantiradi va bir vaqtlar rejalaştirilgan 750 ta samolyotlik partiya nega deyarli tört baravarga qisqartirilganini tuşuntiradi. Bugungi kunda AQŞ HHK taxminan 180 ta F-22 Raptor’ga ega.

5. F-35 Lightning II

F-35 yiğiş (işlab çiqariş) qiymati böyiça eng qimmat samolyot emas, biroq şubhasiz, tarixdagi eng qimmat qurollaniş dasturi hisoblanadi.

Foto: US Air Force

AQŞ Hisob palatasi ma’lumotlariga köra, F-35 dasturining butun hayotiy sikli qiymati – ya’ni işlab çiqiş, xarid, ekspluatatsiya va xizmat körsatişni hisobga olgan holda – 2070 yilga borib 1,7 trillion dollardan oşib ketadi. Bu raqam AQŞ uçun rejalaştirilgan butun parkka bölinganda, har bir samolyotga örtaça 400 million dollardan ortiq “umrbod” qiymat töğri keladi. Bu F-35’ni tarixdagi eng qimmat jangovar samolyotlar qatoriga işonçli tarzda joylaştiradi.

Bevosita yiğiş narxi variantga qarab 80–120 million dollar miqdorida özgarib turadi. F-35’ning 1000 dan ortiq nusxasi allaqaçon AQŞ qurolli kuçlarining uçta turiga va 20 dan ortiq hamkor davlatlarga yetkazib berilgan. Işlab çiqariş kamida 2040-yillargaça davom etişi kutilmoqda.