Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi Mamayusuf Rahmatullayev topildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, Mamayusuf Rahmatullayev Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida yaşirinib yurgan. Uning manzili aniqlanib, xodim qölga olingan. 

1991 yilda tuğilgan Mamayusuf Rahmatullayev Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi bölgan. Jizzax viloyati IIB axborot xizmati 6 dekabr kuni Mamayusuf Rahmatullayev qidirilayotgani haqida ma’lum qilgan. Unga köra, Zafarobod tumani Yorqin şaharça fuqarolar yiğini Oqsaroy köçasida yaşagan Rahmatullayev joriy yil 27 oktyabr kuni soat 6:00 larda yaşaş xonadonidan noma’lum tomonga çiqib ketib, bedarak yöqolgan.

Mamayusuf Rahmatullayevga nisbatan Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 2025 yil 19 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Boş prokuror matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov buni Kun.uz’ga tasdiqlagandi.

Mamayusuf Rahmatullayev ayblanayotgan firibgarlik tafsiloti hozirça ma’lum emas.