2025 yil 11 dekabr kuni energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunçilik palatasida energetika tizimida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berdi. Mirzamahmudovning ma’lum qilişiça, 2025-2026 yilgi qiş mavsumida vodiy viloyatlaridagi gaz quyiş stansiyalarida yuzaga kelişi mumkin bölgan taqçillikni bartaraf etiş maqsadida 2 xil yeçim işlab çiqilgan.
«Yangi taşabbus taşkil qilindi. Bu bosim past böladigan Farğona vodiysidagi avtomobillarga gaz quyiş stansiyalariga (AGKS) köproq ta’sir qilişi inobatga olinadi. Ikkita yönalişda iş taşkil qildik. Birinçisi, qöşni davlatdagi mavjud tranzit trubalardan foydalangan holda yaqinroq masofadan ta’minotni amalga oşiriş. Xavos-Farğona liniyasidan foydalanilyapti. Ikkinçisi, 150 ta köçma gaz quyiş şoxobçalarini olib keldik. 22 dekabrgaça Beşariqdagi gaz quyiş şoxobçasi töliq işga tuşadi va hozir texnologik uskunalar, treylerlar va konteynerlar olib kelinyapti. Bu gaz zapravka öçgan paytda köçma şoxobçalarni töldirgan holda 5 mingdan 10 ming kub metrgaça gaz yetkazib beriş imkonini beradi. Hozirgi kunda 14 ta AGKS bilan mazkur tizim sinab körildi. 22 dekabrdan keyin bu Farğona vodiysida zaxira tizim sifatida joriy qilinadi», dedi Mirzamahmudov.
Avvalroq, «metan zapravka»lar faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritilayotgani xabar qilingandi. Energetika vazirligi buni qöşni davlatdagi gaz tarmoğida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani bilan izohlagan.












