Özbekistonda metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd etilişiça, qöşni davlatdagi gaz tarmoğida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani sababli zarur çoralar körilmoqda.
Birinçi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini (maktab, maktabgaça ta’lim taşkilotlari, şifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boşqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlaş boş vazifalarimizdan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.
Şu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz bosimi pasayişini oldini oliş maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan reja-grafiklarga asosan metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinça çeklov kiritilmoqda.
Vazirlik bu zaruriy çoralar vaqtinça bölib, gaz bosimini me’yorga keltiriş böyiça amaliy işlar olib borilayotganini hamda holat haqida qöşimça ma’lumot berilişini bildirdi.

















