4 noyabr kuni Kun.uz naşrida «Qaytib olarkan, nega berdi?». Surxondaryoda nogironligi bor şaxslarga “sovğa” deb berilgan uylar tortib oliniş arafasida» sarlavhali material e’lon qilingandi. Unda Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumani Boğaro massivida yaşovçi imkoniyati çeklangan bir guruh fuqarolarga 2018 yilda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlaş dasturi doirasida uylar berilgani, ammo keyinroq uy-joylar sovğa emas, kreditga rasmiylaştirilgani oydinlaşgani, bank qarz hisobiga uy-joylarni tortib oliş arafasida ekani, nogironliklari sababli işlaşga qodir emasliklari, davlat tomonidan beriladigan nogironlik nafaqasining 50 foizi kredit tölovi uçun uşlab qolinayotgani, uylarining kadastr hujjatlari bank tomonidan garov sifatida olib qöyilgani, kredit tölovlari tölanmayotgani vaji bilan uylaridan çiqarib yuborilişlaridan xavotirda ekanliklari haqida söz boradi.
UNICON-SOFT mas’uliyati çeklangan jamiyati esa nogironligi bor mazkur fuqarolarning muammolariga befarq bölmasdan ularni qiynayotgan masalalarni örgandi va ularning Ijtimoiy himoya Yagona reyestri axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgani, jismoniy imkoniyatlari çeklangani sababli işlay olmasliklari, oilalari esa Kambağal oilalar reyestrida kambağal oilalar sifatida röyxatga olinganini aniqladi.
Şuningdek, ularga 2018 yilda imtiyozli kredit sifatida ajratilgan uylarning boşlanğiç tölovlari öşa vaqtda homiylar tomonidan tölab berilgani, biroq ötgan vaqt davomida tölovlar bank tomonidan taqdim etilgan grafik-jadvalga muvofiq tölanmagani oqibatida katta miqdorda qarzdorlik yuzaga kelgani, ularga penya va jarimalar qöllangani tufayli qarzdorlik oy sayin ösib borayotgani ma’lum böldi.
UNICON-SOFT MÇJ tomonidan Kun.uz tahririyatiga yordam sörab murojaat qilgan 8 nafar nogironligi bor fuqaroning kredit va boşqa turdagi qarzdorliklari (jami 1 mlrd 344 mln söm) beğaraz homiylik yordami sifatida töliq söndirib berildi.
Banklar tomonidan uşbu yurtdoşlarimizga uylarining kadastr hujjatlari qaytarib berildi.
Ma’lumot uçun, nafaqat Qumqörğon tumanining Boğaro massivida, balki respublikaning boşqa köplab hududdlarida kredit tölovlarini vaqtida tölay olmayotgan yana köplab şu kabi insonlar bor. UNICON-SOFT kompaniyasining bu xayrli taşabbusi respublikadagi yirik korxona va taşkilotlar uçun örnak bölişiga umid qilamiz.
















