Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidan bir guruh jismoniy imkoniyati çeklangan fuqarolar najot izlab Toşkentga kelişdi. 2018 yilda ularga “davlat tomonidan sovğa” sifatida berilgan uylar aslida kreditga taqdim qilingani keyinroq ma’lum bölgan. Avvaliga uyning kreditini homiylar qoplab turgan. Bu ham töxtagaç muammolar boşlangan. “1 mln söm pensiya olaman, kredit tölovi esa oyiga 2 mln söm, buni tölay olmasligim aniqku” deydi umid bilan poytaxtdan najot istab kelgan fuqaro.

Sovğa deyilgandi, ammo...

2018 yilda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlaş dasturi doirasida köplab oilalar, xususan, nogironligi bor va imkoniyati çeklangan fuqarolar uylar bilan ta’minlangan edi.

Surxondaryoning Qömqörğonidan Toşkentga kelgan bir guruh nogironligi bölgan fuqarolarning işonç bilan aytişiça, bu uylar ularga davlatning tuhfasi bölgan. Ularning xotirlaşiça, nafaqat uylar, balki içidagi gilam va televizorlarni öşa paytdagi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov “Prezident sovğasi” deya şaxsan topşirgan. Bu e’tibor ularga quvonç va yaşaşga umid bağişlagan edi. Ulardan biri farzandlari uçun nihoyat boşpana topilganidan baxtiyor bölganini eslaydi.

Ammo bu xursandçilik uzoqqa çözilmagan: xonadonlar kredit asosida berilgani va ular endi har oy kredit tölaşlari aytilgan.

“Uylarimizni ham, içidagi gilam-televizorlargaça 'Prezident sovğasi' deb berişgan edi. Ammo hozir bizni qiynaşyapti”, — deya ta’kidlaydi Mastura Muhammadiyeva

Tölab bölmas qarz

Nogironligi sabab ular işlaşga qodir emas, davlat beridagan nafaqa hisobiga kun keçiradi. Şu bois ular nihoyatda oğir ahvolga tuşib qolganini aytişmoqda. Oylik 2,5-2,7 million sömgaça bölgan kredit tölovlari ularning imkoniyatidan ança yuqori. Misol uçun, ba’zi fuqarolar 1 million söm nafaqa oladi, bu esa kommunal xarajatlarni qoplagandan söng kredit tölovini amalga oşirişni mutlaqo imkonsiz qiladi. Ular uylarning kredit asosida berilişi haqida heç qaçon ogohlantirilmaganliklarini va özlari tuşunmagan hujjatlarga aldov yöli bilan imzo çektirilganini da’vo qilişmoqda.

“Olayotganim atigi 1 million söm pensiya. 2 milliondan oşiq pul töla , deydi. Tölamasang, uydan çiqasan, işla, deydi. Qanday işlayman?!” — deydi nogironligi bor boşqa vatandoş Alişer Boltayev. Uning sözlariga köra, dastlab xarajatlar homiylar tomonidan qoplanişi aytilgan.

Endi esa nafaqalarining 50 foizi töğridan-töğri uşlab qolinmoqda, bu esa ularning tirikçiligini imkonsiz qilgan. Uylarning kadastr hujjatlari kabi mulk huquqini tasdiqlovçi hujjatlar bank tomonidan garov sifatida olib qöyilgani esa ularning taşvişini yanada oşirgan.

“Toşkentga kelişga majbur böldik”

Uydan çiqarib yuboriliş xavfi ostida qolgan nogironlar turli idoralarga köp marotaba murojaat qilganini, natija bölmagandan keyin, Toşkentga kelişganini bildirişdi. “Boring, hokimingizga ayting. Sizlarga hokimingiz tölab beradi, deyişdi”, — deydi nogironlardan biri Baxriddin Almuradov.

“Qoçib keldik”

Nogironlarning aytişiça, şikoyatlarini bildiriş uçun poytaxtga keliş ham “detektiv” böldi: mahalliy hokimiyat vakillari ularning safariga tösqinlik qilişga uringan, birinçi uriniş içki işlar xodimlari tomonidan töxtatiliş bilan keçgan.

“Murojaat qilmaysizlar, masalani özimiz hal qilib beramiz, deyişdi, ammo keyin va’dalarida turişmadi” – deydi Mastura Muhammadiyeva.

Kun.uz vaziyat yuzasidan viloyat hokimligi bilan boğlanib, izoh olişga urindi.

Qumqörğon tuman hokimiyati matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, 2018 yilda Boğaro-2 massivida 25 nafar nogironligi bölgan fuqarolarga ikki sotixli namunaviy uy-joylar ajratilgan. Mazkur fuqarolarga berilgan uy-joylarning umumiy narxi 4 milliard 128 million söm bölib, şundan ipoteka kreditlarining boşlanğiç badallari uçun jami 413,0 million söm mablağ tuman hokimligi taşabbusi bilan homiylar tomonidan tölab berilgan.

“Bugungi kungaça uşbu ipoteka kreditlari böyiça oylik tölov jadvaliga asosan umumiy hisobda 1 milliard 884 million söm mablağ homiylar hisobidan tölangan. Hozirda 25 nafar fuqarodan 1 nafari olingan kredit qarzdorlikni töliq yopgan va qolgan 24 nafar fuqarolarning jami 918,2 million söm oylik grafik qarzdorligi mavjud. Uşbu qarzdorligi bor şaxslarga kreditni yopişga yordam sifatida tuman hokimligi tomonidan yordam berilyapti, ularning oilasida işga yaroqli bölganlar kasbga yönaltirilgan, ayollarga tikuv maşinalari berilgan. Köngillilar topilmayotgani hisobiga nogironlarga berilgan uy-joylarni homiylik mablağlari asosida tölaşga kömaklaşiş işlari ayni vaqtda töxtab turibdi”, – deydi viloyat hokimligi matbuot kotibi Murodbek Davlatov

Şokir Şaripov