Transport vazirligining binosi auksionda sotilganidan 2 kun ötib, vazirlik huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi binosi ham öz egasini topdi.

18 dekabr kuni qömitaning “Hamid Olimjon” metro bekati oldidagi ma’muriy binosi elektron auksionda 242 mlrd sömga sotildi. Bu – boşlanğiç narxdan 5 foizga yuqori.

Xaridor – Norbekov Qobiljon Mamadiyoroviç. 15 daqiqa davom etgan auksionda faqat u narx taklifini bergan.

“Özavtoyöl” binosi 1975 yilda qurilgan bölib, umumiy maydoni 19,4 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Bino egallagan umumiy maydon – 1 gektar.

Xaridor u yerda ofis va xizmat körsatiş faoliyatini yölga qöyişi kerak.

Eslatib ötamiz, 16 dekabr kuni Transport va Quriliş vazirliklarining Şayxontohur tumanidagi binolari mos ravişda 187,7 mlrd va 182,5 mlrd sömga sotilgandi. Yil boşida esa Energetika vazirligi va “Öztransgaz” binolari 440 mlrd sömga xususiylaştirilgan.

Davlat taşkilotlarining ma’muriy binolari sotilayotgani – ular Yangi Toşkentga köçib ötişi bilan boğliq.