
Senat Kengaşining 17 dekabrdagi qarori bilan, “Taşabbusli budjet” jarayonlariga özgarişlar kiritildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Hujjatga asosan:
- loyihalar ğolib deb topilişi uçun minimal ovoz soni 50 ta etib belgilandi (avval 10 ta edi);
- jihozlaş loyihalari uçun eng yuqori qiymat BHMning 2 ming barobari etib belgilandi (avval 4 ming barobar edi).
Endilikda quyidagilarga “tanaffus” beriş amaliyoti qöllanmaydi:
- mahallalar soni 15 ta va undan kam bölgan tuman(şahar)dagi mahallalarga;
- “TOP-100”talikka kirgan eng yaxşi soliq tölovçi mahallalarga;
- loyihani şeriklik asosida amalga oşirgan mahallalarga.
Bunda, loyiha kiritiş imkoniyati çeklangan mahallalarga şerikçilik asosida loyihalarni amalga oşirişga ruxsat beriladi.
Ovoz beriş bosqiçi yakunlangandan söng 10 kun davomida qöşimça ğolib loyihalarni aniqlaş böyiça 5-bosqiç ötkaziladi.
Qöşimça ğolib loyihalar quyidagi usulda aniqlanişi mumkin:
- Xalq deputatlari tuman (şahar) kengaşlarining deputatlari – ğolib bölmagan loyihaga yetişmagan mablağni tuman budjetining qöşimça mablağlari hisobidan ajratiş orqali;
- Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari – ğolib bölmagan loyihalar orasidan bitta loyihani tanlaş orqali.











