2026 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda “Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. Bu – 28 noyabrda qabul qilingan prezident qarorida belgilangan.

“Eng yaxşi soliq tölovçi mahalla” nominatsiyasi ğoliblarini aniqlaş böyiça mezonlar quyidagilarni öz içiga oladi:

  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan kiçik biznes sub’yektlari soni;
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan kiçik biznes sub’yektlari tomonidan tölangan soliqlar miqdori;
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölovçilar soni;
  • har 1 000 nafar aholiga töğri keladigan özini özi band qilgan fuqarolar soni va ular tomonidan tölangan soliqlar miqdori;
  • mahalla fuqarolari tomonidan mol-mulk va yer soliqlarining tölanganlik darajasi.

Ğoliblar uçun quyidagi rağbatlantiriş çoralari joriy etiladi:

  • “Taşabbusli budjet” doirasida ketma-ket ikki marta ğolib deb topilgan mahallalar uçun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritiş imkoniyatini çeklaş qoidasi qöllanmaydi;
  • loyihalarni şeriklik asosida moliyalaştirişda uşbu mahallalar aholisi tomonidan loyiha qiymatining 25 foizi moliyalaştirilgan taqdirda, loyiha ğolib deb topiladi hamda qolgan 75 foizi davlat budjetidan moliyalaştiriladi;
  • belgilangan mezonlar asosida har yili birinçi 100 talikka kirgan eng yaxşi soliq tölovçi mahallalarning har biriga davlat budjetidan 2 milliard söm miqdorida mablağ ajratiladi.

2 mlrd sömlik mablağ 100 talikka mahallalarning har biridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmalariga tuşiriladi. Bu mablağlar fuqarolar yiğini kengaşining qarori asosida, faqat şu mahalla hududi infratuzilmasini (içki yöllarni ta’mirlaş, içimlik suvi va elektr ta’minotini yaxşilaş, köça çiroqlarini örnatiş va boşqa infratuzilma loyihalarini) yaxşilaş uçun yönaltiriladi.

Eng yaxşi soliq tölovçi mahallalarni aniqlaş mezonlari va tartibi 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanişi lozim.