29 dekabr kuni xalq deputatlari Boyovut tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körildi.

Şu kunga qadar tuman hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Dilfuza Jumanovna Uralova boşqa işga ötişi munosabati bilan Boyovut tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada yana bir taşkiliy masala körilib, deputatlar Niyoz Namozboyeviç Hazratqulovni Boyovut tumani hokimi lavozimiga tasdiqlaşgan.

Niyoz Hazratqulov 1983 yilda Sirdaryo tumanida tavallud topgan. Uşbu tayinlovga qadar Şirin şahri hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.

Niyoz Hazratqulov

Ma’lumot uçun, Dilfuza Uralovaning asli kasbi öqituvçi bölib, 2017 yildan Sirdaryo viloyati hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlagan, 2020 yil 18 fevral kuni Boyovut tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. U öşanda respublikadagi ilk ayol hokimga aylangandi.

2024 yil noyabrida ijtimoiy tarmoqlarda Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIB xodimlariga uni qamab qöyişni buyurgani aks etgan audio tarqalgandi. Öşanda unga nisbatan intizomiy jazo çoralarini köriş uçun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgandi.

Uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot berilmadi.