5 yanvar kuni Janubiy Koreya prezidenti Li Jye Myon Pekinda Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan uçraşdi va Xitoy bilan munosabatlarda «yangi bosqiç» boşlaşga çaqirdi.
BBCʼning yozişiça, uşbu tört kunlik safar – 2019 yildan beri Janubiy Koreya yetakçisining Xitoyga ilk taşrifidir. Lidan oldingi sobiq prezident Yun Sok Yol davrida ikki tomonlama munosabatlar sovuqlaşgan edi. Mintaqaviy xavfsizlik va Pekinning koreys pop-madaniyatiga qöygan norasmiy taqiqini bekor qiliş masalasi Li uçun asosiy ustuvor yönalişlardan biri bölib turibdi.
Mahalliy naşrlar Li bu taşrifni «Janubiy Koreya — Xitoy munosabatlarini töliq miqyosda tiklaş uçun muhim imkoniyat» deb ataganini yozdi. «Biz Janubiy Koreya — Xitoy munosabatlari rivojida yangi bosqiçni boşlamoqçimiz», degan u.

Lini Xalq vakillari Buyuk zalida qabul qilgan Xitoy yetakçisi ikki mamlakatning «mintaqaviy tinçlikni saqlaş va global taraqqiyotni ilgari surişdagi muhim mas’uliyati»ni ta’kidladi. Si şuningdek, koreyalik hamkasbini «tarixning töğri tomonida qat’iy turişga va töğri strategik tanlovlar qilişga» çaqirgan.
Şimoliy Koreya masalasi
AP naşrining yozişiça, Li Xitoyga kelişidan bir neça soat oldin Şimoliy Koreya dengiz tomonga bir neçta ballistik raketa, jumladan, gipertovuşli raketalar uçirdi. Bunday raketalar tovuş tezligidan beş baravar tez uçişga möljallangan bölib, ularni aniqlaş va urib tuşiriş juda qiyin. Lekin xorijiy ekspertlar Şimoliy Koreyada bunday işlaydigan gipertovuşli qurol mavjudligiga şubha bilan qaraydi.

Xitoy Şimoliy Koreyaning asosiy ittifoqçisi bölib, unga iqtisodiy tayanç beradi. Sönggi yillarda Xitoy va Rossiya birgalikda BMT sanksiyalarini kuçaytiriş böyiça AQŞ va boşqalarning urinişlarini bir neça bor tösib kelgan.
Sammit çoğida ikki davlat Koreya yarimorolida taranglikni yumşatişning ijodiy yöllarini izlaşni davom ettirişga kelişib oldi.















