Nizomga köra, quyidagi tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz davlat röyxatidan ötkaziladi:

xavfsizlik klassifikatsiyasi böyiça I sinfga mansub tibbiy jihozlar;
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JST bilan hamkorlikda röyxatdan ötkaziladigan In vitro taşxis tibbiy jihozlari;
Özbekistonda klinik tadqiqotlari oldin ötkazilgan tibbiy jihozlar.

Qayd etilişiça, klinik tadqiqotlarni ötkaziş töğrisidagi qaror Markaz tavsiyasi asosida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan taşkil etilgan Ekspertlar kengaşi tomonidan qabul qilinadi.

Şuningdek, klinik tadqiqotlar tibbiy jihozning xavfsizlik darajasidan kelib çiqib, kamida 20 nafar klinik tadqiqot sub’yekti jalb etilgan holda ötkazilişi belgilangan.