Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 11 yanvar, yakşanba. 2026 yilning endigina ön kuni ortda qoldi, lekin bu ön kunda şunçalik köp işlar bölib ketdiki, butun yilga tatigulik. Amerika Maduroni asir olib, Rossiya kemasiga desant tuşirdi, Eronda oxirgi yillardagi eng jiddiy namoyişlar avj oldi, Putin yana sevimli raketasi «Oreşnik»ni işlatdi, lekin osmon uzilib yerga tuşmadi, jonajon sayyoramiz öz öqi atrofida heç narsa bölmagandek aylanişda davom etmoqda. Şunça iş bir haftada bölib ketdi. Quyida haftaning şu va boşqa muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Maduroni olib qoçişdi

3 yanvar kuni zamonaviy dunyo tarixida kuzatilmagan fantastik voqea sodir böldi. Amerika maxsus xizmatlari Venesuela havo mudofaasini qisqa vaqtda yakson qilib, Karakas markazidagi qattiq qöriqlanadigan qarorgohdan mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni olib qoçdi. Operatsiya juda tez ötkazildi, çegaradan kirib havo mudofaasini yakson qiliş va Maduroni olib çiqib ketiş uçun uç soat yetarli bölgani, Venesuela prezidentini öğirlaş uçun ötkazilgan asosiy operatsiya uçun atigi yarim soat sarflangani aytildi.

Venesuela prezidenti öğirlangani haqida xabarlar çiqa boşlagan vaqtda sinior Maduro Amerika harbiy kemasida Nyu York tomon yölga çiqib bölgandi. Uni allaqaçon narkoterrorizmda ayblab, sud qilişga ham ulgurişdi.

Tramp Maduro qölga olinişini favqulodda kötarinkilik bilan e’lon qildi. Amaliyot «Amerikaning kuçini körsatib qöyganini» aytdi, uni boşqargan generallarni maqtab, «ularga öxşagan qömondonlar bölsa, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş ham juda tez tugardi», dedi.

Amerikaning bu harakati butun dunyoni şokka tuşirdi. Töğri, Vaşington Venesuela atrofida ançadan beri qöşin töplayotgan, Maduroni ağdariş da’vosini yaşirmayotgandi, lekin voqealar bunçalik tez rivojlanişi, Venesueladagi rejim Maduroni bunçalik oson olib qoçiş orqali qulaşini heç kim tasavvur qilmagandi.

Ğarbiy yarimşar da’vosi

Tramp Nikolas Maduro qölga olinganidan keyin navbatdagi marta AQŞ «mintaqani töliq öz ta’sir doirasidagi hududga aylantirişga haqli ekani» haqida gapirdi. Davlat departamenti sahifasida «Bu bizning yarimşar», degan post paydo böldi. Bu Ğarbiy yarimşar Amerikaniki, degani edi.

Venesuela Rossiyaning uzoq yillik ittifoqçisi. Dunyodagi eng katta neft zaxirasiga ega davlat Amerikaning qöşnisi bölaturib Rossiya bilan ittifoqçi ekani Trampga yoqmadi. Maduro qölga olinganidan köp ötmay Tramp endi Daniyaga tegişli dunyodagi eng katta orol Grenlandiyaga da’vo qilişni boşladi.