Birinçi marta 1993 yilda taqdim etilgan Kia Sportage jahon avtomobil sanoati tarixida sezilarli iz qoldirdi. Umumiy hisobda 7 million donadan ortiq sotilgan bölib, model beşta avlodni yangiladi. Sönggi yangilaniş krossoverni brendning yangi dizayn falsafasi — «Qarama-qarşiliklar birligi»ga yanada moslaştirdi. Zamonaviy köriniş va takomillaştirilgan jihozlar Sportage’ning öz segmenti yetakçilaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlaydi.

Eksterer

Yangi Sportage gabarit ölçamlari 4 685 × 1 865 × 1 660–1 680 mm (uzunligi × kengligi × balandligi — versiyasi va tom qismidagi reylinglar mavjudligiga qarab).

Yangi Sportage’ning old va orqa yoritiş uskunalari «Yulduzlar xaritasi» uslubida işlab çiqilgan bölib, krossoverga zamonaviy va ifodali köriniş beradi. Yangi 3D tasvirli radiator panjarasi va vertikal LED farlar dinamik va yuqori texnologiyali qiyofani şakllantiradi, şuningdek, kunduzi ham, keçasi ham mukammal körinişni ta’minlaydi.

Yangi Sportage uçun diametri 17 dan 19 dyuymgaça bölgan (komplektatsiyaga qarab) bir neçta dizayn variantlarida yengil qotişmali disklar taklif etiladi, bu esa avtomobil uslubi va xarakteri uçun eng maqbul uyğunlikni tanlaş imkonini beradi.

Yanada agressiv va ifodali obrazni afzal köruvçilar uçun X-Line versiyasi mavjud. U eksklyuziv dizayn elementlari, jumladan, qora rangdagi Kia logotiplari, şuningdek, original dizaynga ega 19 dyuymli qora yengil qotişmali disklari bilan ajralib turadi.

Interer

Yangi Kia Sportage saloni zamonaviy uslubda bajarilgan bölib, yaqqol gorizontal zonalarga ajratilgan. Old panel haydovçiga yönaltirilgan, panoramali egilgan ekran esa 12,3 dyuymli raqamli priborlar paneli va multimedia tizimining 12,3 dyuymli displeiyni birlaştirib, töliq vizual şönğiş effektni yaratadi. Bazaviy versiyada 4,2 dyuymli rangli displeyga ega Supervision priborlar paneli örnatilgan.

Tekis qismi kesilgan ikki spitsali rul çambaragi intererga sportça va nafis köriniş beradi. Barça boşqaruv elementlari ergonomik joylaştirilgan va foydalaniş uçun intuitiv ravişda tuşunarli.