Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi.
Ayrim hududlarda shamol 22–25 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Fuqarolardan ehtiyot choralariga amal qilish, yengil konstruksiyali buyumlar va reklama bannerlaridan uzoqroq yurish, transport harakatida ehtiyotkor bo‘lish so‘raladi.
Zarur holatlarda tegishli xizmatlarga murojaat qilish tavsiya etiladi.








