Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy, Samarqand va yana uch viloyatda kuchli shamol kutilmoqda
Bugun kunduz kuni mamlakatning qator hududlarida shamol kuchayishi prognoz qilinmoqda. Ayrim joylarda shamol tezligi 18 m/s gacha yetishi mumkin.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Surxondaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Mutasaddilar aholidan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda. Xususan, ochiq maydonlarda, qurilish obektlari va reklama konstruksiyalari yaqinida ehtiyot choralarini ko‘rish, avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Ob-havodagi o‘zgarishlar munosabati bilan tegishli xizmatlar kuchaytirilgan tartibda ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 24.01.2026
Bugun 7 viloyatda kuchli shamol kutilmoqda
11:23 / 25.05.2025
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
22:06 / 17.05.2025
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
16:07 / 13.01.2024