AQŞ prezidenti Donald Tramp duşanba kuni Axios'ga bergan intervyusida Hamas Isroilda qolgan sönggi garovga olingan şaxsning qoldiqlarini topişga yordam berganini aytdi. U endi guruhni qurolsizlantiriş böyiça bergan va’dasini bajarişga çaqirdi.
Isroillik Ran Gvilining jasadi topilişi bilan barça garovga olinganlar — tirik va halok bölganlar Ğazodan qaytarildi. Uning jasadi qaytarilişi Trampning tinçlik bitimi uçun muhim buriliş nuqtasi hisoblanadi.
Şu bilan birga, Isroil Ğazo va Misr örtasidagi Rafah ötiş punkti şu hafta oxirigaça «çeklangan» tartibda qayta oçilişini ma’lum qildi.
Trampning aytişiça, jasadni qidiriş va şaxsini aniqlaş jarayoni «juda oğir» bölgan, çunki qidiruv guruhlari hududda «yuzlab jasadlarni tekşirişga majbur bölgan».
«Bu juda oğir manzara edi,» — dedi u. Tramp qidiruv jarayonida Hamasning yordamini ham e’tirof qildi: «Ular jasadni qaytariş uçun juda qattiq işlaşdi. Bu borada Isroil bilan hamkorlik qilişdi. Qançalik qiyin bölganini tasavvur qilişingiz mumkin».
Keyingi qadam «endi biz Hamasni ular va’da qilganidek qurolsizlantirişimiz kerak,» - deya ta’kidladi Tramp.
«Heç kim barça garovga olinganlarni qaytarib kelamiz, deb işonmagan edi. Bu buyuk lahza böldi,» - dedi Tramp. Uning qöşimça qilişiça, barça qoldiqlar uyga qaytişi qançalik muhim ekanini faqat ota-onalarning özi töliq tuşunadi.
Trampning aytişiça, maslahatçilari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner duşanba kuni ertalab uni qidiruv natijalari haqida xabardor qilgan. Şundan söng u Netanyahu bilan gaplaşgan va u «nihoyatda xursand bölgan».

AQŞning yuqori martabali rasmiysi duşanba kuni tuşdan keyin jurnalistlar bilan bölib ötgan brifingda buni tasdiqladi:













