Özbekistonda çiqindi xizmatidan qarzdor 152 mingga yaqin abonentning elektr töloviga vaqtinça çeklov örnatildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.
«16 yanvar holatiga, çiqindi xizmatidan 87,5 mlrd söm qarzdorligi mavjud 873 990 abonent SMS xabarnoma orqali ogohlantirildi.
Şundan söng, abonentlarga mavjud qarzdorligini bartaraf etiş uçun 5 kun muddat berildi va uşbu davrda 7,4 mlrd sömlik tölovlar amalga oşirildi.
Şuningdek, mamlakat kesimida jami 14,8 mlrd sömlik maişiy çiqindi xizmatlaridan qarzdorligi mavjud bölgan 151 202 nafar abonentning elektr energiyasi uçun töloviga çeklov örnatildi», deyiladi agentlik xabarida.
Mazkur çeklov qarzdorlik bartaraf etilişi bilanoq darhol yeçiladi.
Eslatib ötamiz, çiqindini töplaş va olib çiqiş xizmatlari böyiça tölov intizomini kuçaytirişga qaratilgan qonun 2025 yil 7 martda qabul qilingandi. Çiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigaça «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2100 qisqa raqami orqali SMS xabarnoma yuboriladi. Uşbu ogohlantiriş yuborilganidan keyin 5 kun qarzdorlikni bartaraf etiş uçun qöşimça muddat beriladi.
2026 yil 1 yanvardan çiqindilar uçun tölovlarni uyma-uy yurib undiriş amaliyoti ham töxtatildi.












