Namanganda Rossiya armiyasiga yollangan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1995 yilda tuğilgan R.S. 2021 yilning 2 oktyabr kuni işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga borgan. 2022 yilning yanvar oyida u narkotik moddalar savdosida ayblanib qölga olingan. 2023 yil avgustda esa narkojinoyatda aybli deb topilib, 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.  

2024 yil sentabrda harbiy xizmatçilar R.S. jazo muddatini ötayotgan jazoni ijro etiş muassasasiga kelib, mahkumlarga “Rossiya–Ukraina” uruşida Rossiya tomonidan iştirok etişni taklif qilgan. Buning uçun jazodan ozod etiş, katta miqdordagi maoş hamda Rossiya fuqaroligi va’da qilingan.

2025 yil yanvar oyida R.S. Rossiya Mudofaa vazirligi bilan bir yillik şartnoma imzolagan. Biroq u sudda şartnomani moddiy manfaat közlab emas, qamoqxonada ölib ketmaslik uçun imzolaşga majbur bölganini bildirgan.

“2021 yil 2 oktyabrda işlaş uçun Rossiyaga borib, yölovçi taşiş, turli mahsulotlarni bir joydan ikkinçi joyga yetkazib beriş bilan şuğullana boşladim. 2022 yil 21 yanvar kuni dori vositalarini aytilgan manzilga olib borayotganimda militsiya xodimlari uşladi. Söng sud tomonidan 9 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindim.

2024 yil sentabr oyidan boşlab harbiy xizmatçilar jazoni ijro etiş muassasasiga kelib, Ukrainaga qarşi uruşga boriş taklifini bildira boşladi. Uruşga boriş evaziga afv etiş, Rossiya fuqaroligini berişni taklif qilişdi. Dastlab bu taklifga heç kim rozi bölmadi. Şundan söng oktyabr oyidan boşlab qamoqxona ma’muriyati rus millatiga mansub bölmagan barça mahbuslarni besabab qattiq rejimdagi izolyator, ya’ni “karser”ga kiritişni boşladi.

Meni ham 2024 yil 3 oktyabr kuni “karser”ga kiritişdi. “Karser”ning şaroiti juda yomon – zax, devorlari yorilgan va havosi juda sovuq edi. Şuningdek, “karser”dagilarning ovqatiga ataylab çöçqa göşti qöşib berişar, suvni ham öçirib qöyişardi. Şu bilan birga bizga psixologik va jismoniy tazyiq ötkazişdi.

Şu orada qamoqxona boşliğining birinçi örinbosari kim uruşga ketişga rozi bölsa va bir yillik şartnomaga imzo qöysa, “karser”dan çiqişini, agar imzo qöymasa, çiqmasligini hamda şu yerda ölib ketişini aytdi. Şaroit oğirligi sabab hamda ölib ketmaslik uçun 2025 yil 4 yanvar kuni majburlikdan jazo muddatini ötayotgan boşqa şaxslar bilan bir yillik şartnomaga imzo qöydim”, degan R.S. suddagi körsatmasida.