Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali öldirmoqçi bölgan bir guruh şaxslar uşlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2026 yilning 4 fevral kuni yakka tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi şaxs Andijon tuman IIBga öziga nisbatan uyuştirilayotgan suiqasd böyiça ariza bilan murojaat qilgan. U 5 nafar jinoyatçidan iborat uyuşgan guruh 1 500 dollar evaziga qotil yollab, uni qasddan öldirişni kelişganini bildirgan hamda yordam söragan.

Şundan söng Paxtaobod tumani hududida Andijon viloyati IIB, Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi hamkorligida maxsus tezkor tadbirlar ötkazilgan. Jarayonda guruh yetakçisi, muqaddam Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bilan sudlangan 42 yoşli “Ronaldo” laqabli şaxs ekani aniqlangan. U 2000 yilda tuğilgan, muqaddam 7 marta sudlangan yollanma qotilga tadbirkorni qasddan öldirib beriş evaziga 1 500 dollar taklif etib, şundan 300 ming söm berganda uşlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, guruhning boşqa a’zolari – 1984 yilda tuğilgan Paxtaobod tumani tibbiyot birlaşmasining “Glavraç” laqabli boşliği, “Boksyor” laqabli 42 yoşli şaxs, 1984 yilda tuğilgan fuqaro hamda 23 yoşli talaba qölga olingan.

Holat yuzasidan guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “p” bandi (bir guruh şaxslar yoki uyuşgan guruh a’zosi tomonidan yoxud öşa guruh manfaatlarini közlagan holda qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi oçilgan.

Avvalroq Samarqandda yollanma qotil orqali tanişini öldirmoqçi bölgan şaxslar qölga olingandi.