Özbekistonda uzoq yillardan beri kutilayotgan qonun – davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş masalasi yangilangan “Özbekiston – 2030” strategiyasidan joy olmadi. Bu masala yangi strategiya taqdimotiga bağişlab 20 fevral kuni ötkazilgan matbuot anjumanida kötarildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi 6 fevral kuni Kun.uz muxbirining savoliga javoban uşbu qonunni takomillaştiriş böyiça işlar yakuniga yetgani, endi uni muhokamaga çiqariş Adliya vazirligining vazifasi ekanini aytgandi.
Biroq 20 fevral kungi matbuot anjumanida adliya vaziri Akbar Toşqulov buni rad etdi. Keyinroq vazirlik vakilining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatçilik muhokamasi uçun regulation.gov.uz portaliga Adliya vazirligi emas, hujjat loyihasini işlab çiqqan asosiy taşkilotning bevosita özi joylaydi.
“Adliya vazirligi regulation.gov.uz tizimini işlab çiqqani uçun, biz şunçaki örtada vositaçimiz xolos. NHH loyihalarini muhokamaga çiqariş yoki çiqarmaslik bizning vakolatimiz emas. Loyiha tizimga kiritilsa, avtomatik çiqib ketadi”, – dedi vazirlik vakili.
Matbuot anjumanida, şuningdek, Strategik islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari Abdulla Abduqodirov jismoniy şaxslar daromadlarini deklaratsiyalaş tartibi Soliq kodeksida allaqaçon borligini aytib, davlat xizmatçilari borasida alohida qonunga zarurat bor-yöqligini savol ostiga oldi.
“2019 yilda qabul qilingan yangi Soliq kodeksida umumiy deklaratsiya qiliş tartibi bor. Davlat xodimlari uçun deklaratsiya qançalik kerak, bilmadim. Öylaymanki, hozir gap qonunning yöqligida emas, qonunning amalda qöllanmasligida”, dedi Abduqodirov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda korrupsiyaga qarşi umume’tirof etilgan çoralardan biri – davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaş hamda jamoatçilikka oçiqlaş masalasi rasmiylar tomonidan 2017 yilda kun tartibiga qöyilgan, ammo qator hujjatlarda belgilab qöyilgan muddatlarga qaramay, tegişli qonunni qabul qiliş keçikmoqda.
2025 yil 21 aprelda imzolangan prezident farmoniga köra, qonun loyihasi 2025 yil may oyida tayyor bölişi












