Ötgan yili sentabr oyida Savdo-sanoat palatasida ötgan matbuot anjumanida tadbirkor Usmonjon Abdusamatov Toşkentda quriliş uçun ruxsatnomalar va kadastr hujjatlarini oliş bilan boğliq korrupsiyaviy “xarajatlar” borligi haqida gapirgandi. U bitta uy uçun 200 ming dollargaça yetişi mumkin, deya ma’lum qilgandi.

Şundan söng Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tadbirkor ustidan IIVga ariza kiritdi. Unda Abdusamatovni javobgarlikka tortiş söralgandi. Quriliş vazirligi tadbirkorning bu da’vosi jamoatçilik orasida asossiz axborot tarqalişiga sabab bölib, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning şa’ni, qadr-qimmatiga putur yetkazdi, deb hisoblagan.

5 mart kuni Milliy kontentni işlab çiqaruvçi markazda ötgan matbuot anjumanida vazir Şerzod Hidoyatov ayni masala yakuni yuzasidan izoh berdi. Uning aytişiça, tadbirkor asossiz gapirgan.

“Men oçiğini aytaman, Quriliş vazirligi oxirgi beş yilda korrupsiyani bartaraf qiliş böyiça raqamlaştirişda judayam katta işlar qildi. Hamma narsani oçiqlab qöyganmiz. Hamma yönalişlarimizni şaffof quriliş tizimida turib, oçiq-oydin körasiz. Iloji boriça inson omilini kamaytiryapmiz, qisqartiryapmiz.

Endi, şu masalada işlayapmiz-da, beş marta jinoyatga tortilgan, ikki marta firibgarlik bilan şuğullangan, bir marta öğrilik, bir marta oylikdan nima qilib, mana şunaqa narsalar bilan şuğullangan odam turib, ayblayapti kengaşni. Kengaş jamoasini ayblagandan keyin uni asoslaşi kerak. Şuning uçun biz uni heç qanaqa çora körişga bermadik, huquqiy baho berişni huquqni muhofaza qiliş organlariga qöydik. Biz özimizning şu holatdagi pozitsiyamizni, şu şaffofligini, korrupsiya bölmayotganini körsatiş uçun, huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat qildik.

[Uning] yakuni yöq. Sababi bu ommaviy axborotda juda ham köp boşqaça aylanib ketgani uçun, keyin bu narsa töxtab qolgan”, – deydi Hidoyatov.

Eslatib ötamiz, Quriliş vazirligi IIVga ariza kiritgaç, Biznes ombudsman holatni nazoratga olib, tadbirkor bildirgan tanqidiy fikri uçun jazolanişiga yöl qöyilmasligini