Sardor Mamadaliyev jarima tölaydigan böldi. U xavfsizlik kamarini taqmagan holda maşina boşqargan.
Xonanda biroz asabiy holatda bölgani uçun xavfsizlik kamarini taqişni unutib qöyganini aytgan.
“Şerali Jörayevning qöşiğini aytib, sudlarga kirib-çiqib yurganimizda ozgina asabiylaşib, remen taqiş ham esimdan çiqib qolibdi. Özi remen taqmasdan yurmayman, qonunlarni hurmat qilaman. Endi jahl çiqqanda ham remen taqamiz”, degan Sardor Mamadaliyev.
Yöl harakati qoidalariga amal qilmagani uçun xonandaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Amaldagi tartibga köra, xavfsizlik kamarini taqmasdan maşina boşqariş bazaviy hisoblaş miqdorining ikkidan bir qismi (hozirda 206 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi. Faqat belgilangan kasalliklarga ega va tibbiy ma’lumotnomasi mavjud fuqarolarga xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka ruxsat beriladi.

















