Pedro Sançes – uruşga va Trampga «yöq» degan AQŞning ittifoqçisi
|22:02 / 15.03.202613 98911 min
Yevropalik yetakçilarning aksariyati AQŞning Erondagi uruşini qöllaş borasida juda nozik yölni tutmoqda. Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes esa AQŞ zarbalarini oçiqçasiga tanqid qilib, Donald Trampning ğazabi va tahdidlariga sabab böldi.
Foto: Tramp va Sançesning portreti / Foto: Financial TimesFoto: Tramp va Sançesning portreti / Foto: Financial Times
Ispaniya Amerika Qöşma Ştatlari bilan muhim savdo va investitsiya aloqalariga ega va NATO böyiça ittifoqçi hisoblanadi. Ötgan yili mamlakatga 4 million amerikalik taşrif buyurdi, deb yozmoqda CNN naşri. Şuningdek, şu oyning özida Amazon kompaniyasi Ispaniyadagi ma’lumotlar markazlariga kiritadigan investitsiyalari miqdorini qariyb 40 milliard dollarga yetkazişini ma’lum qildi.
AQŞ Ispaniya janubidagi Rota va Moron şaharlarida yirik harbiy obektlarga ham ega. Aynan uşbu bazalardan foydalaniş masalasi sönggi mojaroga sabab böldi: Ispaniya hukumati ulardan Eron zarbalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida foydalanişni taqiqlab qöydi.
Oy boşida bölib ötgan matbuot anjumanida Tramp ğazab bilan Ispaniya bilan savdo aloqalarini uziş bilan tahdid qildi.
Sançesning tarixiy nutqi
Sançes esa Trampning asabiy nutqidan keyin 24 soat ötmay, milliy televideniye orqali çiqiş qilib «uruşga yöq» dedi. Sançesning aytişiça, hatto hujumni birinçi boşlaganlarning maqsadlari ham tuşunarsiz, Ispaniyaning esa maqsadi aniq:
«Bu biz Ukraina va Ğazoda ham egallagan öşa pozitsiyadir. Tinç aholini himoya qiladigan xalqaro huquqning buzilişiga, dunyo öz muammolarini faqat bombalar orqali hal qilişi mumkin, degan qaraşga va ötmişdagi xatolarni takrorlaşga «yöq» deymiz. Qisqaça aytganda, Ispaniya hukumatining pozitsiyasini uç söz bilan ifodalaş mumkin: uruşga yöq, deymiz».
Bundan taşqari, Sançes – Buş ma’muriyati oldin ham yevropaliklarni uruşga tortganini eslatdi.
«Yigirma uç yil oldin AQŞning boşqa bir ma’muriyati bizni Yaqin Şarqdagi uruşga tortgandi. Nazariy jihatdan Saddam Husaynning ommaviy qirğin qurollarini yöq qiliş, demokratiya olib keliş va global xavfsizlikni kafolatlaş uçun olib borilayotgani aytilgan öşa uruş, aslida, ortga qarab xulosa qilinganda, teskari natija berdi», deydi u.
Foto: AP
Şu bilan birga, u yana yetakçilarning burçi odamlar hayotini yaxşilaş ekanini ta’kidlab, Trampga işora qildi:
Mavzuga oid
«Öz burçini bajara olmayotgan yetakçilarning öz muvaffaqiyatsizliklarini yaşiriş va şu jarayonda bir neça kişi – öşa doimiy boylarning çöntagini qappaytiriş uçun uruş tutunidan foydalanişi mutlaqo qabul qilinişi mumkin emas. Dunyo şifoxonalar qurişni töxtatib, raketalar qurişni boşlaganida faqat öşa boylar foyda köradi»,
dedi Sançes.
Ispaniya boş vaziri uning hukumati harbiy harakatlarni töxtatiş va uşbu uruşni diplomatik yöl bilan hal qilişni talab qilişda davom etişini aytdi.
«Men buni aniq aytmoqçiman, çunki «talab qiliş» sözi bu örinda töğri sözdir. Çunki Ispaniya Yevropa Ittifoqi, NATO va xalqaro hamjamiyatning tölaqonli a’zosidir. Va bu inqiroz bizga, yevropaliklarga va binobarin, ispanlarga ham ta’sir qiladi. Şuning uçun biz Amerika Qöşma Ştatlari, Eron va Isroildan juda keç bölmasdan töxtaşni qat’iy talab qilişimiz kerak.
Men buni köp marta aytganman va yana takrorlayman: bir noqonuniylikka boşqa bir noqonuniylik bilan javob qaytarib bölmaydi, çunki insoniyatning buyuk ofatlari aynan şundan boşlanadi», degan Sançes.
Sançesning qöşimça qilişiça, Yevropa muvofiqlaştirilgan va haqiqatan ham samarali javob çoralari ustida işlamoqda. Şuningdek, ular unutilmaslikka loyiq bölgan ikki nuqta — Ukraina va Falastinda adolatli va uzoq muddatli tinçlikka erişiş uçun işlaşda davom etadi.
Sançes şu bilan birga, uning xalqi Iroqdagi Saddam Husayn va Eronning hozirgi rejimlarini qöllamasligini, balki xalqaro huquq tomonida ekanini qayd etdi.
«Ba’zilar bizni buni qilganimiz uçun soddalikda ayblaşar, ammo asl soddalik — zöravonlik yeçim deb öylaşdir. Demokratiya yoki davlatlararo hurmat vayronalar içidan ösib çiqadi deb işoniş soddalikdir. Yoki kör-körona va quldek böysunişni yetakçilikning bir şakli deb öylaş soddalikdir.
Aksinça, men bu pozitsiya umuman soddalik emas deb hisoblayman; u izçil pozitsiyadir va şuning uçun biz kimningdir qasosidan qörqib, dunyo uçun zararli bölgan, şuningdek, bizning qadriyatlarimiz va manfaatlarimizga zid bölgan narsaga şerik bölmaymiz. Uruş faqat sanoqli kişilarga foyda keltiradi. Tinçlik esa barçamizga foyda beradi», deya sözlarini yakunladi Ispaniya boş vaziri.
Yevropa va Tramp munosabatlari
Tramp Ispaniyaga nisbatan öz tahdidlarini Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan Oq uydagi uçraşuvi çoğida bildirdi. Mers esa indamay qarab turdi — bu Yevropaning Tramp bilan munosabatlardagi yana bir muşkul vaziyatidan dalolat edi.
Ötgan yil davomida köplab Yevropa yetakçilari Trampni xuşomad va yon berişlar bilan tinçlantirişga harakat qilişdi. Şu bilan birga vaqti-vaqti bilan «qizil çiziqlar»ni – masalan, Grenlandiya masalasida belgilab qöyişdi.
Fridrix Mers va Donald Tramp Oq uyda / Foto: AFP
NATO boş kotibi Mark Ryutte bir safar Tramp haqida: «Dadamiz ba’zan qattiq tilda gapirişi kerak», deb uni uluğlab yubordi.
Bu safar gap Yevropa öz hududidagi bazalardan AQŞning Eronga qarşi zarbalari uçun foydalanişga ruxsat beradimi-yöqmi, degan masala ustida bormoqda.
Tramp Germaniya va Italiya boş vaziri Jorjiya Melonini hamkorlik uçun maqtagan. Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerga nisbatan esa munosabat boşqaça. Buyuk Britaniya dastlab Eronni bombardimon qiliş uçun öz bazalaridan foydalaniş haqidagi Vaşington sörovini rad etgan edi, biroq keyinroq boş vazir Kir Starmer AQŞga «mudofaa operatsiyalari» uçun ruxsat berilişini aytdi. Bu yon beriş Trampning nazarida unga köp foyda keltirmadi.
Yevropa Ittifoqi komissiyasi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa Ispaniya bilan birdamlik bildirdi. Ittifoq rasmiylari «bir a’zo davlatga qilingan iqtisodiy bosim butun Yevropa Ittifoqiga qilingan tahdid» ekanini ta’kidlab, Vaşingtonni xalqaro savdo qoidalarini hurmat qilişga çaqirdi.
Sançes va Trampning kelişmovçiliklari
Hozirgi kundagi asosiy ziddiyat AQŞning Eronga qarşi harbiy amaliyotlari uçun Ispaniyadagi Rota va Moron harbiy bazalaridan foydalaniş sörovi bilan boşlandi. Pedro Sançes hukumati uşbu operatsiyalar xalqaro huquqqa zid va mintaqani beqarorlaştiruvçi deb hisoblab, AQŞ samolyotlariga bazalardan foydalanişni rasman taqiqladi.
Prezident Tramp bu qarorni «ittifoqçilik majburiyatlariga xiyonat» deb atadi va Ispaniyani «dahşatli ittifoqçi» deb ta’rifladi. Ispaniyaning harbiy hamkorlikdan boş tortişiga javoban, Donald Tramp Ispaniya bilan barça savdo aloqalarini töxtatiş va embargo joriy etiş bilan tahdid qildi.
U qöşimça qilib: «Agar xohlasak, ularning bazasidan foydalanişimiz mumkin, şunçaki uçib boramiz va foydalanamiz, heç kim bizga foydalanma, deya olmaydi», dedi.
Keyinroq, Oq uy özining savdo tahdidlari Ispaniyani AQŞ harbiylari bilan hamkorlik qilişga majbur qilganini aytganida, bu da’vo ham tezda rad etildi.
Taşqi işlar vaziri Xose Manuel Albares Madridning «Yaqin Şarqdagi uruş va Eronning bombardimon qilinişi, şuningdek, bazalardan foydalaniş borasidagi pozitsiyasi zarraça özgargani yöq»ligini ma’lum qildi.
Aslida Trampning savdo embargosi haqidagi tahdidi amalda qöllanişi qiyin, çunki Ispaniya Yevropa Ittifoqi bojxona ittifoqi a’zosi. Ispaniyaga embargo qöyiş — butun Yevropa bilan savdo uruşini boşlaş demakdir.
Tramp va Sançes Ğazo masalasi böyiça Misrdagi sammitda – oktyabr, 2025 yil / Foto: AP
Bundan taşqari, Sançes Grenlandiya, Xitoy bilan aloqalar hamda mudofaa xarajatlari kabi köplab masalalarda Trampning ğaşiga tegişda davom etmoqda.
«Ispaniya bilan nima bölayotganini tuşunmayapman; şekilli, ular tekinga sayohat qilmoqçi», degandi Tramp yanvar oyida. Öşanda Sançes NATOning boşqa a’zolari kabi 2035 yilgaça mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigaça oşirişdan boş tortgan. «Men boş vazir bölganimdan beri Ispaniya mudofaa xarajatlarini uç baravar oşirdi», deb javob qaytardi Sançes.
Sançesning içki siyosati va iqtisodiyot
Sançes uçun Tramp bilan janjallaşiş xavfli bölişi mumkin. Ammo bu uning mört koalitsion hukumatiga markaziy-çap qanot qöllovini mustahkamlaşda yordam ham berişi mumkin, deb yozmoqda CNN.
«Sançes taşqi siyosatdan – mamlakat içidagi siyosiy taşabbusni qayta qölga oliş uçun foydalanmoqda», deydi Ipsos sörovnoma firmasi xodimi Kamas Garsiya.
Garsiyaning ta’kidlaşiça, Trampning Ispaniyadagi maşhurligi rekord darajada past — fevral oyida ötkazilgan sörovnomaga köra atigi 16%. Agar muxolifat Sançesning pozitsiyasini qattiq tanqid qilsa, ular öz saylovçilari ham rad etadigan AQŞ prezidenti tomonida turgandek körinib qoliş xavfi bor.
Pedro Sançes Haagada NATO sammitining umumiy suratga tuşiş marosimiga kelmoqda / Foto: EPA
Iqtisodiy jihatdan, Trampning Yevropaning törtinçi yirik iqtisodiyoti bölgan Ispaniyaga tahdidlari aytilganidek dahşatli bölmasligi mumkin. Ispaniya Yevropaning eng jonli iqtisodiyotlaridan biri bölib, uning taşqi savdosining atigi 5 foizi AQŞ bilan amalga oşiriladi. Biroq, Ispaniya suyultirilgan tabiiy gaz ta’minotining katta qismi böyiça AQŞga tayanadi.
Yevropa Ittifoqi esa kamsitişga uçragan har qanday a’zosini himoya qilişga majbur böladi.
Pedro Sançesning Amerika ta’siriga duşmanligining yana bir jihati bor. Yillar davomida u va uning oilasi ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlar nişoni bölib kelgan. U AQŞ texnologik kompaniyalarini nafratli nutqlarga qarşi yetarli darajada kuraşmayotganlikda ayblab keladi.