Trampning imzosi Ğaznaçilik kotibi Skott Bessentning imzosi bilan yonma-yon joylaştiriladi. AQŞ Ğaznaçilik departamentning bildirişiça, uşbu misli körilmagan qadam Amerikaning 250 yillik yubileyini nişonlaş maqsadida taşlanmoqda.

«Buyuk mamlakatimiz va prezident Donald Trampning tarixiy yutuqlarini e’tirof etiş uçun uning ismi tuşirilgan AQŞ dollaridan köra kuçliroq vosita yöq», dedi Skott Bessent.

Reuters’ning yozişiça, Tramp va AQŞ Ğaznaçilik kotibi Skott Bessentning imzolari tuşirilgan dastlabki 100 dollarlik kupyuralar iyun oyida bosib çiqariladi, keyingi oylarda esa boşqa nominallar ham muomalaga çiqariladi. Yangi pullarning banklar orqali keng muomalaga kirişi bir neça hafta vaqt olişi mumkin.

Ğaznaçilik rasmiylarining sözlariga köra, banknotlarning umumiy dizayni özgarmaydi, faqat ğaznaçi imzosi örniga Trampning imzosi qöyiladi. Tramp imzosi tuşirilgan 100 dollarlik kupyuraning maketi hozirça ommaga taqdim etilmadi.

Tramp özi imzolagan hujjatni körsatmoqda / Foto: Getty Images

Amerika mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan rejalaştirilgan yangi dizayndagi banknotlardan, şuningdek, sönggi 165 yil içida birinçi marta AQŞ ğaznaçisining imzosi olib taşlanadi. Ğaznaçi bevosita Ğaznaçilik kotibiga hisob beradi hamda AQŞ zarbxonasi va boşqa ğaznaçilik funksiyalarini nazorat qiladi.

Hozirda Ğaznaçilik sobiq prezident Jo Bayden davridagi Ğaznaçilik kotibi Janet Yelen va sobiq ğaznaçi Lin Malerba imzolari tuşirilgan banknotlarni çiqarişda davom etmoqda.

Reutersʼning yozişiça, imzo bilan boğliq bu özgariş Tramp ma’muriyati va uning ittifoqçilari tomonidan prezident ismini binolar, muassasalar, davlat dasturlari, harbiy kemalar va tangalarga beriş borasidagi navbatdagi harakatidir. Ötgan haftada Tramp tomonidan tayinlangan federal san’at hay’ati uning tasviri tuşirilgan esdalik oltin tanga dizaynini tasdiqlagan edi.

Şuningdek, muomalada böladigan 1 dollarlik Tramp tangasini çiqarişga urinişlar AQŞ tangalarida tirik şaxslarni tasvirlaşni taqiqlovçi qonunlar tufayli töxtab qolgan edi.

«Endi amerikaliklar oziq-ovqat, benzin, ijara va soğliqni saqlaş uçun köproq pul tölayotganlarida aynan kimni ayblaşni aniq bilib olişadi», deya Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu qarorni