Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Trampga Moskva kelish haqida berilgan taklif kuchda qolyapti
Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya prezidenti amerikalik hamkasbi bilan Moskvada uchrashishga tayyor. Hammasi Donald Trampning qaroriga bog‘liq, dedi Vladimir Putinning matbuot kotibi.
Foto: Getty Images/AFP/B. Smialowski
AQSh prezidenti Donald Trampga avgust oyida Alyaskadagi sammit chog‘ida Moskvada rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish haqida berilgan taklif o‘z kuchini saqlab qolyapti. Bu haqda 28 sentabr, yakshanba kuni Rossiyaning TASS axborot agentligiga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«U tugagani yo‘q. Bu amaldagi taklif. Putin prezident Tramp bilan uchrashishga tayyor va bundan xursand bo‘ladi», — deya Peskovning jurnalist savoliga javobini keltiradi agentlik. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu boradagi keyingi qarorlar Amerika tomoniga bog‘liq: «Hammasi Trampning qaroriga bog‘liq».
15 avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahrida Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan yana uchrashishga umid bildirdi. Vladimir Putinning Moskvada buni amalga oshirish haqidagi taklifiga Tramp: «Bo‘lishi mumkin», deb javob qaytardi.
Mavzuga oid
20:38
AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan kiritilgan import bojlarini bekor qildi
19:58
OAV Zelenskiy yana uch yillik urushga tayyorlanishni buyurgani haqida yozdi. Kiyev rad etdi
18:37
Tramp Mudofaa vazirligiga NUJ haqidagi hujjatlarni oshkor qilishni buyurdi
15:15