Navoiy şahridagi 4-umumta’lim maktabining 2-sinf öquvçisi Muhammadali Yusupov ingliz tilidan B2 sertifikatni qölga kiritdi. Bu yoş jihatdan milliy sertifikatni qölga kiritiş böyiça Özbekistondagi eng yaxşi natijalardan biri böldi.
Ma’lum bölişiça, Muhammadali qariyb 3 yildan buyon ingliz tilini qöşimça darslar asosida örganib kelgan. Unga oxirgi 6 oyda öquv markazi öqituvçisi Şahzod Bobonazarov dars ötgan.
“Birinçi urinişdayoq sertifikatni qölga kiritdi. Bu Özbekistondagi eng yaxşi natijalardan biri”, deydi Şahzod Bobonazarov.
Muhammadali Yusupovning onasi Şohsanam Hasanova uy bekasi, otasi Alişer Röziyev esa NKMKda faoliyat olib boradi.
Avvalroq Farğonada 3-, Samarqandda 4- hamda Navoiyda 5-sinf öquvçisi şunday natijani qayd etgandi.
Tahririyat: Şu turdagi milliy sertifikatni qölga kiritgan öquvçilarning yaqinlaridan bu haqida xabar çiqarişni sörab köp sörov keladi. Kelgusida 8 va undan kiçik yoşdagi şunday qahramonlar haqida ma’lumot yuborilişi maqsadga muvofiq bölar edi.

















