Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar joriy etildi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, pedagog xodimlar uchun qator davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma joriy etildi. Shuningdek, ta’lim tizimiga oid boshqa qo‘shimcha tartiblar ham belgilandi.
Foto: AI / Pinkod.uz
Hukumatning 2026 yil 16 apreldagi 175-son qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi pedagog shaxslar uchun bir qator davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi.
Jumladan, mazkur imtiyoz ko‘chmas mulk kadastriga oid xizmatlar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikatlash, traktorchi-mashinist guvohnomasi uchun imtihonga ruxsat olish, shuningdek, rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish kabi xizmatlarga tatbiq etiladi.
Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar rahbar xodimlari har 5 yilda bir marta ishdan ajralgan holda Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladigan menejerlik o‘quv kurslarida ishtirok etishi belgilandi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quOvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish va o‘qishini ko‘chirish tartibi ham aniq belgilab berildi.
Mavzuga oid
14:59 / 15.04.2026
Soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish va yangi imtiyozlar bermaslik zarur – XVJ missiyasi
14:41 / 20.03.2026
Turizm sohasi ishtirokchilariga yangi imtiyozlar beriladi
10:59 / 11.01.2025
Muvaffaqiyat siri: Norvegiya elektromobillarga o‘tishni qanday uddaladi?
10:18 / 03.02.2024