Prezidentning 2026 yil 20 apreldagi PQ–148-son qarori bilan “Yangi Özbekiston yoşlari – 2030” strategiyasini 2026–2027 yillarda amalga oşiriş va yoşlar bandligini ta’minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilandi.
Qarorga köra, 2030 yilga qadar 20 ming nafar yoşni tadbirkorlikka öqitişga möljallangan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi yölga qöyiladi. Dastur doirasida mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda xususiy sektor vakillari jalb etilib, saralab olingan yoşlarga biznes loyihalarini işlab çiqiş, mahsulot va xizmatlarni bozorga çiqariş va kengaytiriş böyiça amaliy bilimlar beriladi.
Loyiha yakunida eng yaxşi natija körsatgan 1 ming nafar iştirokçiga sertifikat berilib, ularga BHMning 500 baravarigaça miqdorda imtiyozli şartlarda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgaça muddatga ssuda ajratiladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 avgustdan boşlab, tuman fermerlari kengaşlari huzuridagi buxgalteriya xizmatlari markazlari tomonidan boşliği yoşlar bölgan yangi fermer xöjaliklariga 2 yil davomida bepul xizmat körsatiladi.
Bundan taşqari, 2026 yil 1 iyuldan yoşlar taşkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini elektr energiyasi, içimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga ulaş bilan boğliq davlat xizmatlari xarajatlarining BHMning 10 baravarigaça qismi qoplab beriladi.

















